A guruhi

«Napoli» mavsumda ilk bor yutqazdi - jamoa oxirgi bor aprelda mağlub bölgan

Liverpul — Napoli 2:0
Gollar: Saloh (85), Nunes (90+8).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Remzi, 87), van Deyk, Konate, Tsimikas, Milner (Elliott, 48), Tiago (Bayçetiç, 87), Fabino, Jons (Nunes, 73), Firmino (Karvalyu, 87), Saloh. 
Napoli – Meret, Di Lorenso, Estigor, Kim, Olivera, Lobotka (Zelinski, 83), Zambo-Angissa, Ndombele (Raspadori, 87), Politano (Losano, 70), Osimhen (Simeone, 87), Kvaratsxeliya (Elmaz, 83).
Ogohlantirişlar: Konate (36), Aleksander-Arnold (73), Nunes (90).

Bu jamoalar orasida 1-tur doirasida ötkazilgan öyin nafaqat guruh bosqiçidagi eng yorqin öyinlardan biri, balki guruh ğolibligi masalasini hal qilgan  öyin bölgandi. Öşanda sentabr edi va öşanda Yurgen Klopp jamoasidagi inqiroz kölami ham, neapolliklarning haqiqiy kuçi ham hali böy körsatmagandi.

Öşandagi 4:1 hisobi butun kuz ritmini belgilab berdi. Agar öşanda «Liverpul» öyinning favoriti sifatida qaralgan bölsa, hozir bu jamoalar kamida teng kuçli jamoalar sifatida baholandi. Bu ham bölsa öyin «Enfild»da ötgani uçun.

«Napoli» bu öyinga barça turnirlar doirasidagi 13 ğalabadan iborat seriya bilan taşrif buyurdi va bunda Xviça Kvaratsxeliyaning ham xizmatlari beqiyos. Gruzin havbeki Neapoldagi eng sevimli futbolçiga aylanmoqda, u şu vaqtga qadar barça turnirlar doirasida sakkiz gol urib, sakkiz golga uzatma bergan. Tezlik — fantastik darajada: Italiyadagi ilk mavsumi startida Kriştianu Ronaldu, Gonsalo Iguain, Zlatan Ibrahimoviç va Romelu Lukaku kabi katta futbolçilar bunday statistikaga erişiş uçun köproq öyin ötkazişgandi.

1-turda «Liverpul»ga qarşi öyinda Xviça porlagan va «Enfild»da ham undan köp narsa kutildi. Holbuki Luçano Spalletti öz yulduzini ehtiyotlaşi ham mumkin edi: «Napoli» yirik hisobda yutqazmasligi birinçi örinni kafolatlaş uçun yetarli, bu esa murabbiylar ştabiga yetakçilarni zaxirada qoldiriş huquqini beradi. Qolaversa, «Napoli» şanba kuni özining asosiy ta’qibçisi — «Atalanta» mehmoni böladi. Ammo amalda asosiy tarkib maydonga tuşdi: Kvaratsxeliya ham, Osimhen ham, Zambo-Angissa va Meret ham. Asosiy tarkib futbolçilaridan faqat Zelinski va Raspadori zaxirada qoldirildi.