«Liverpul» himoyaçisi Trent Aleksander-Arnold 2025 yil 1 iyulda rasman Madridning «Real» klubi a’zosiga aylanadi. Ingliz futbolçisi agentlari «qaymoqranglilar» bilan allaqaçon beş yillik şartnoma böyiça kelişib olgan, unga köra futbolçiga 15 mln yevro maoş tölanadi. Bu haqda jurnalist Saşa Tavoleri X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xabar bergan.

«Liverpul»da futbolçining yillik maoşi 11 million yevro edi.

Ma’lum qilinişiça, Aleksander-Arnoldga muayyan natijalar uçun mukofot pullari, şuningdek, şartnomaga rozilik bergani uçun bonus közda tutilgan, bu bonus miqdori transfer qiymatiga teng böladi. Transfermarkt portalida Trentning transfer narxi 75 mln yevroga baholangan.

Bundan oldinroq Marca jurnalisti Xose Feliks Dias ham Trent Aleksander-Arnold yana bir bor «Liverpul»ning şartnomani yangilaş böyiça taklifini rad etganini xabar qilgandi.

«Liverpul» yana bir marta angliyalik himoyaçidan rad javobi oldi. Uning «Real»ga ötiş qarori allaqaçon qabul qilingan va buni heç narsa özgartira olmaydi», — deb yozgandi Dias öz kolonkasida.

Aleksander-Arnold «Liverpul» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi,
u 2016 yil yozidan buyon asosiy jamoa safida öynab keladi. U mersisaydliklar klubi uçun jami 349 öyinda maydonga tuşib, 22 gol urgan va 87 golga uzatma bergan.