17 noyabr — Xalqaro talabalar kuni arafasida Şodiyev Xalqaro jamğarmasi (ICF) tomonidan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toşkent filialiga lingofon xonasi sovğa qilindi. Bu haqda jamğarma matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, mazkur xona talabalarga çet tillarini örgatişda eng sönggi texnologiyalardan foydalaniş imkonini beradi. 

Qayd etilişiça, keng funksional imkoniyatlarga ega bölgan, yangi va qulay ta’lim makoni ingliz, fransuz, nemis, özbek va rus tillarini örganayotgan talabalarga til örganiş böyiça xaqiqiy muhitda öqiş va bu jarayonni qiziqarli va samarali qiliş imkonini beradi.

Jamğarma matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, OTMga bundan avvalroq berilgan sovğalar içida ICF xarid qilgan transport texnik jihozlar ham bor.  

«Talabalarni qöllab-quvvatlagan holda Şodiyev Xalqaro jamğarmasi şuningdek, şaxsiy stipendiya va grantlar ham taqdim etadi. Bu stipendiya va grantlar MDXMI Toşkent filialida bakalavriat dasturlarida ta’lim oliş xarajatlarini töliq qoplaydi. Stipendiya va grantlar a’lo akademik özlaştirişga ega bölgan, ilmiy loyiha, turli tanlov va musobaqalarda ğolib bölgan talabalarga beriladi», — deyiladi xabarda.

Jamğarma rahbari Fattoh Şodiyevning sözlariga köra, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning aqliy salohiyatini rivojlantiriş eng ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.

«Şuning uçun turli ta’lim, tadqiqot, xayriya loyihalari orqali biz faol hayotiy pozitsiyaga ega bölgan iqtidorli yoşlarni öz kelajagi va öz mamlakatining kelajagi yölida salohiyatini işga solişi uçun qöllab-quvvatlaymiz va şunday davom etamiz», — deya qöşimça qiladi ICF asosçisi.  

Ma’lumot uçun, Şodiyev Xalqaro jamğarmasi va MDXMIning Toşkentdagi birinçi va yagona xorij filiali örtasida 2021 yil aprel oyida 2025 yilgaça möljallangan Hamkorlik töğrisida memorandum imzolangan.