Arizonadagi oraliq saylovlarda demokrat Adrian Fontes respublikaçi raqibi Mark Finçamni mağlub etib, ştat davlat kotibi lavozimini egalladi. 12 noyabr, şanba kuni AP agentligining eslatişiça, Finçam 2021 yilning 6 yanvarida Kapitoliyga bostirib kirişdan oldin bölib ötgan mitingda qatnaşgan va keyinçalik AQŞ prezidenti etib saylangan Jo Baydenga qarşi çiqqan.
Bundan taşqari, respublikaçi ştat qonunçiligidagi jiddiy özgarişlar tarafdori bölgan va AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan qöllab-quvvatlangan. Avgustdagi praymerizda ğalaba qozongan Mark Finçam ştatdagi saylovlarda qonun ustuvorligini tiklaşni xohlayotganini aytib: «Hozir bizda qonunbuzarlik bor», dedi.
Adrian Fontes sobiq dengiz piyoda askari va mahalliy prokuror bölib, saylovoldi taşviqotini ovoz beriş huquqlarini himoya qiliş va’dalariga qaratgan.
Şu bilan birga, AQŞ Kongressiga ötkazilgan oraliq saylovlarda demokratlar Senatdagi öz örnini Arizona ştatidan himoya qildi. Sobiq astronavt Mark Kelli respublikaçi raqibi Bleyk Mastersni mağlub etdi, deya xabar beradi CNN va CBS. Demak, AQŞ prezidenti Jo Bayden vakili bölgan Demokratik partiyaga Senatdagi köpçilik örinni saqlab qoliş uçun faqat bitta joy yetmayapti.
AQŞda oraliq saylovlar 8 noyabr kuni bölib ötdi. Ularda Vakillar palatasining butun tarkibi (435 örin) va Senatning uçdan bir qismi (yuztadan 35 örin) qayta saylandi. Bundan taşqari, 36 ştatda yangi gubernatorlar saylanyapti.
Ştat davlat kotibi Bred Raffenspergerning aytişiça, Jorjiyada 6 dekabrga belgilangan ikkinçi raund bölib ötadi. Bundan taşqari, Nevada ştati uçun natijalar muhimdir. U yerda demokrat Katrin Kortez Masto va respublikaçi Adam Laksalt örtasidagi farq bor-yöği 800 ovozni taşkil etadi, natijalar yaqin soatlarda aniqlanişi mumkin. Senatdagi örinlar teng taqsimlangan taqdirda, vitse-prezident, demokrat Kamala Xarrisning ovozi hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.
AQŞ Kongressi Vakillar palatasida respublikaçilar, tahlilçilarga köra, 220 dan ortiq ovozga ega böladi. Oddiy köpçilik uçun 218 ovoz yetarli. Umuman olganda, prezident Jo Baydenning Demokratik partiyasi tahlilçilar taxmin qilganidan yaxşiroq natija körsatdi.












