2022 yilning aprel oyida Oliy Majlis Senatida xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiriş yönalişida işlovçi işçi guruh tuzilgan edi.
Işçi guruhga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan ötkaziş, xalqaro tajribani çuqur örganiş, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş sohasidagi qonunçilik bazasini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş vazifalari yuklatilgan edi. Bu takliflar parlament tomonidan körib çiqilişi aytilgandi.
Ammo oradan ötgan vaqt davomida bu muammo yuzasidan Senatda sukunat hukm surdi. Guruh tarkibida faoliyat olib borgan jamoatçilik faoli, professor Barnogul Sanaqulovaning ma’lum qilişiça, berilgan takliflar taqdiri noma’lum bölib qolyapti.
“2022 yilning aprel oylarida Senat raisi Tanzila Norboyeva jamoatçilik faollarini töplab yiğiliş ötkazdi va xotin-qizlarga nisbatan zöravonlik masalasida ahvol juda çatoqligini ta’kidladi. Bu yiğiliş ança tanqidiy ruhda ötdi.
Ayollar va bolalarga nisbatan zöravonliklarga qarşi kuraşiş maqsadida qonunlarni örganiş böyiça maxsus komissiya tuzildi. Unga barça vazirlik-idoralar, jamoatçilik faollari, şu yönalişdagi NNTlar kiritildi. Birinçi yiğiliş Senat raisi boşçiligida, keyingilari esa Senatning sud-huquq böyiça qömitasi raisi tomonidan ötkazildi.
Bir neça marotaba yiğilib ayollar va bolalar zöravonligi yuzasidan jazoni muqarrar qiliş, kuçaytiriş, tarğibotni kuçaytiriş böyiça qonunlarni muhokama qildik. Muhokamalar juda keskin va qizğin tarzda ötdi. Qonunlarga kiritiladigan özgartişlar yuzasidan hattoki bitta söz ustida qattiq tortişuvlar böldi”, dedi Sanaqulova.
Uning sözlariga köra, zöravonlikka qarşi qonunlarda “lazeyka”lar qoldirilganki, öqigan odamda bu qonunlarni zöravon yoki uning advokati yozgan, degan tasavvur uyğonadi.
“Misol uçun, 12 yaşar qizni zörlagan odam qandaydir jamoatçilik işlarini bajariş yoki jarima tölaş, juda borsa 2-3 yillik jazoni ötaş bilan qutulib ketiş mumkin. Bu degani, agar puli, mansabi bor yoki “taniş-bilişi” bor odam bu işni qilişi, ya’ni pedofilizm bilan şuğullanişi mumkin. Bunga qonunlarda imkon qoldirilgan.
Muhokamalar ötdi, maxsus komissiya tomonidan barça hujjatlarni taqdim etdik. Bu qonunlar joriy yilning avgust oyida qabul qilinişi kerak edi. Lekin oradan 7 oy ötsa-da hali muhokamaga qöyilmadi. Eng qiziği, qonun loyihasining taqdiri bilan qiziqsak, haliça aniq javob berilmaydi. “Körilyapti, taqdim etildi, muhokama qilinyapti” degan javoblarni berişadi. Aynan qaysi bosqiçda körib çiqilyapti, unga kimlar tösqinlik qilyapti, bular jumboq”.
















