Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda olish imkoni yaratiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga xizmatlarni tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish orqali aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan ayrim davlat xizmatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish umumiy tartibini saqlab qolgan holda ariza beruvchilar ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.
Xususan, loyihada ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash, katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun hamda avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda olish imkoniyatini yaratish belgilanmoqda.
Loyiha bilan tezlashtirilgan tartibdagi arizalar tezlashtirilgan muddatda ko‘rib chiqilmagan taqdirda, tezlashtirish uchun to‘lanadigan qo‘shimcha yig‘im summasi talabgorga qaytarilishi majburiyligi belgilanmoqda. Maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash va ruxsat etish etish tartib-taomillari bo‘yicha yagona nizomlarda tezlashtirilgan tartib uchun to‘langan summalarni qaytarish umumiy mexanizmi belgilanishi kelajakda faqatgina pasportlarga qo‘shimcha kiritish orqali tezlashtirilgan tartibda xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa tushdi
O‘zbekiston | 10:11
-
Prezident JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi
O‘zbekiston | 09:51
-
Prezident Air Producs bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 09:48
Mavzuga oid

11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi

15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi

16:12 / 23.12.2024
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi

09:45 / 27.11.2024