Markaziy bank boşqaruvining «Özbekiston hududida bank kartalarining çiqarilişi va muomalada bölişi qoidalari töğrisidagi nizomga qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizom «MCC-kod» tuşunçasi bilan töldirilmoqda. U savdo va xizmat körsatiş faoliyat turini tasniflaydi.

Banklar tölov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktiriş paytida uning faoliyati turidan kelib çiqib MCC-kodlarini, terminal va tölov turi, mijozning identifikatsiya ma’lumotlari va tölov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegişli ma’lumotlarni bank axborot bazasiga kiritişi lozim.

Bunda mijozning faoliyat turi va tegişli ma’lumotlari özgargan taqdirda, mijoz 3 bank iş kunida xizmat körsatuvçi bankiga tegişli ma’lumotni taqdim etadi va bank tomonidan 1 iş kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal ma’lumotlariga tegişli özgartirişlar kiritiladi.