6 dekabr kuni Toşkentda taşkillaştirilgan «Zöravonlikka qarşi kuraşni institutsionalizatsiya qiliş. Mediada gender-ta’sirçan obrazlarni yaratiş» mavzusidagi xalqaro konferensiyada iqtisodçi, professor Barnogul Sanaqulova xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zöravonlik yuzasidan qonunlarni kuçaytiriş nega paysalga solinayotgani haqida savol berdi.

Professor bu vaziyatda köp oğriqli masalalarga sukut saqlaş bilan javob berayotgan Oila va xotin-qizlar qömitasi jamiyatda zöravonlarga nisbatan çora körilmaydigan tizimni vujudga kelişiga hissa qöşayotganiga urğu berdi.

«Siz şunday tizim yaratyapsizki, bu tizimda zöravon bilan heç kim işlamaydi. U xohlagan işini qiladi, çunki qonunlar unga şu imkonni beradi.

Saida Mirziyoyevaga rahmat. Faqatgina u öz nutqida real holatga aloqador bölgan keyslarni, tezislarni gapirib ötdi. Bugun qonunlarni tahlil qilsak, ularni zöravonning özi yoki advokati yozgandek. Jazoga hukm qilingan zöravon qamoqdan 1,5 yoki 3 yilda çiqib keladi. Juda borsa, qandaydir jarimalar bilan qutulib ketişi ham mumkin va yana zöravonlik qilişda davom etişi ham mumkin.

Pedofilizm masalasida ham xuddi şunday holat. Agar pedofil öz manzilini özgartiradigan bölsa, yana şu illati bilan öz qilmişlarini davom ettirişi mumkin. Heç kim bunga qarşilik qilmaydi.

Siz nimani kutyapsiz? Zöravonlikka qarşi kuraşiş böyiça qonunlarni monitoring qildik, kiritiladigan özgartişlar böyiça hujjat tayyorlandi, lekin nega haligaça qonun qabul qilinmayapti?

Bir oyda 7 ta ayolni öldirişyapti, lekin saytingizda ularning birortasi haqida ma’lumot yöq. Holbuki, ommaviy axborot vositalari bu haqida töxtamay yozilyapti. Nega birortasiga qömita raisi sifatida öz munosabatingizni bildirmayapsiz? Faqat rasmga tuşiş, körgazmalar ötkaziş kabi tadbirlardan ortmayapsiz?» – dedi Barnogul Sanaqulova.

Moderator tomonidan reglament haqida ogohlantirilgan professor uç safardan buyon qömita raisi bilan uçraşiş imkoni bölmaganini qöşimça qildi.