16 martga ötar keçasi, tungi soat 02:30 atrofida Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida joylaşgan restoranlardan birida muştlaşuv sodir bölgan. Videoda bir erkak boşqa fuqaro tomonidan yöllangan zarbalardan keyin huşini yöqotib yiqilganini köriş mumkin.

Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar yuzasidan bergan munosabatida aytilişiça, mijoz sifatida kelgan 30 yoşli Akmal Şukurov özining tanişi, 40 yoşli Xurşid bilan örtada kelib çiqqan nizo sababli özaro janjallaşgan. 35 yoşli Boris esa ularni ajratişga harakat qilgan vaqtida Akmal uni urib tan jarohati yetkazgan.

Tarqalgan videolarda 12 (Twelve) nomli tungi klub joylaşgan The Tower mehmonxonasi oldida Akmal Borisga ikki bor muşt tuşirgani, jabrlanuvçi huşidan ketib yiqilganini köriş mumkin. Tajovuzkor şaxs şundan keyin ham harakatlarini davom ettirib, Xurşidga hamla qilgan, ayollardan birini, Katyani ham kaltaklagan.

Boşqarma xabariga köra, Boris boş miya jarohati, öng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlaniş taşxisi bilan şifoxonaga olib yotqizilgan.

Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Jabrlanuvçining yaqinlaridan biri Instagram sahifasida xabar qilişiça, unda tezkor ravişda 5 soatlik miya trepanatsiyasi operatsiyasi ötkazilgan, söngra sun’iy komaga tuşirilgan. Hozirda uning hayoti xavf ostida. Şifokorlar u ölim xavfi ostidaligi yoki butunlay nogiron bölib qoliş ehtimoli mavjudligini aytişgan.