Nigora Adizova, “Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi mutaxassisi:

— Loyihamizga beş yil içida beş mingdan ortiq anonim murojaatlar yöllangan. Bizda er-xotin muammosiga bu uyda hal qilinadigan masala deb qaraladi. Ayollar zöravonlikka uçraganda kimga yoki qayerga murojaat qilişni bilişmaydi. Uçastka noziriga borsa, u erkak kişi va bu vaziyatga aralaşmaslikni ma’qul köradi. Nozir uni himoya qilmagandan keyin ayol boşqalarga murojaat qilişi befoyda deb öylaydi.

Birinçi navbatda uçastka nozirlari, xotin-qizlar bilan işlaydigan nozirlarning işlaş tizimini özgartirişimiz kerak.

Bizda xotin-qizlarni zöravonlikdan himoya qiliş mexanizmi yöq. Kaltaklangan, qoçişga joy, najot izlayotgan ayol “102”ga murojaat qilganda uning uy manzili, şaxsi haqida ma’lumotlar söraladi. Murojaatçining kimligi qanday ahamiyatga ega bu yerda? Manzilni aniqlaş tizimi orqali murojaat yöllangan joyni aniqlaş mumkin-ku!

Eng yomoni bu holatlar maişiy nizo deb niqoblanyapti. Bu maişiy nizo emas, çunki odam öldiriş, qotillikka yetaklayapti.

Lola Saidova, yuridik fanlari doktori, professor, xalqaro ekspert:

— Himoya orderlarida katta kamçiliklar bor. Order berilgan taqdirdayam, baribir ayol jabr köryapti: heç bölmaganda atrofdagilar, jamoatçilik uni ayblab çiqadi. Fransiya tajribasida himoya orderi berilganda ayol uyda qoladi, erkak majburan uydan çiqariladi va ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqiziladi. Zöravonlik qilgan odamning psixikasi joyida emas deb hisoblanadi, çunki ruhan soğlom odamda zöravonlikka moyillik bölmaydi. Jarima bilan birga, u bilan işlaş böyiça barça xarajatlar ham erkakdan undiriladi.

Zöravonlikning har bir yönalişiga alohida javobgarlik belgilaş kerak. Sud statistikasi yuritilişi, jamoatçilik nazorati örnatilişi kerak.

300 nafar ayol inspektorlarni öqitdik, lekin 17,5 mln aholisi ayol bölgan mamlakatda bu juda kam son. Respublikamizda 217ta reabilitatsiya markazlari bor edi. Afsuski, nima uçundir ularni kamaytirib, 29 taga tuşirdik, nega? Bu bilan göyoki bizda hammasi yaxşi ekanini, reabilitatsiya markazlariga ehtiyoj kamligini körsatmoqçi bölyapmizmi?