Bir oy içida 7 ayol qotillik qurboniga aylandi. Mas’ullar esa sukutda
|21:50 / 11.10.202246 8178 min
Özbekistonda oxirgi bir oy içida 7 nafar ayol turmuş örtoği tomonidan vahşiylarça öldirildi, öndan ortiq bolalar onasiz qoldi. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilişi kerak bölgan taşkilotlardan esa sado çiqmayapti.
25 avgust. Quyi Çirçiqda 24 yoşli ayol ikki farzandi köz oldida turmuş örtoği tomonidan öldirildi.
6 sentabr. Jizzax viloyati Zarbdor tumanida ayol 39 yoşli eri tomonidan öldirildi. 3 farzand yetim qoldi.
2 sentabr. Yana Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida 4 farzandning onasi 40 yoşli eri tomonidan urib öldirildi.
12 sentabr. Andijon viloyati Izboskan tumanida 22 yoşli ayol va uning onasi kuyovi tomonidan piçoqlangaç vafot etdi.
16 sentabr. Farğona viloyati Danğara tumanida ayol spirtli içimlik iste’mol qilgan eri tomonidan piçoqlanib vafot etdi.
1 oktyabr kuni yana Farğonada kelin qaynotasi tomonidan nimtalandi.
Bu – yaqin kunlarda zöravonlik qurboni bölgan, ya’ni öldirilgan ayollar röyxati. Dahşatli röyxat, töğrimi? Bular bizga ma’lum bölganlari – bilmaganlarimiz ham bölişi mumkin.
Xöş, biz öz ayollarini himoya qilolmaydigan millatmizmi? Yöq, aksinça bizda xotin-qizlar huquqlari va ularning turmuş tarzini yaxşilaş uçun tuzilgan taşkilotlar şunçalar köpki, körgan kişida bu davlat ayollari malikalarday yaşasa kerak degan fikrni uyğotadi.
Kun.uz şu maqsadda taşkillaştirilgan taşkilotlar röyxatini tuzdi:
Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi
Mavzuga oid
Qonunçilik palatasining Oila va ayollar masalalari böyiça komissiyasi
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi
“Oila” ilmiy-amaliy markazi
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
Senat qoşidagi “Gender adolat yetakçisi” jamoasi
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş va salomatligini mustahkamlaş markazlari
“Oqila ayollar” harakati
Qaynonalar kengaşi.
Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi
Xotin-qizlarni himoya qiliş, ularning jamiyatdagi rolini oşiriş, zöravonlikka qarşi keskin kuraşiş maqsadida taşkil etilgan. Respublika böylab 1000 ga yaqin xodimlar faoliyat yuritadi.
Masofadan turib hisobotlar taqdim etiş hamda video-konferens-aloqa şaklida yiğilişlarda iştirok etiş imkonini beruvçi planşetlar berilgan. Bino va inşootlar bilan ta’minlangan, qömita xarajatlariga davlat budjetidan pul ajratiladi.
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi
Şaxsan Şavkat Mirziyoyev körsatmasi bilan taşkil etilgan qömitada ham katta jamoa işlaydi. Qömita zimmasiga ayollar huquqlari kamsitilişining barça şakllariga barham beriş böyiça umume’tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qiliş yuzasidan takliflar işlab çiqiş, gender tenglik masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi qöşilgan xalqaro hujjatlar normalarining amaliyotga joriy etilişi hamda unda belgilangan tavsiyalar ijro qilinişi yuzasidan monitoring olib boriş vazifasi ham yuklatilgan.
Qonunçilik palatasining Oila va ayollar masalalari böyiça komissiyasi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzurida oila va ayollar masalalari böyiça kattagina guruhdan iborat komissiya tuzilgan bölib, öz faoliyati töğrisida har 6 oyda hisobot berib boradi.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi
Respublika miqyosidagi bu katta komissiyaning nomi şu yil boşida özgargan. Avvalgi nomi – Respublika Gender tenglikni ta’minlaş masalalari komissiyasi edi.
Senat kengaşining qarori bilan, komissiyaga xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, xotin-qizlar va erkaklar örtasida gender tenglikka erişiş, oilani mustahkamlaşga qaratilgan davlat siyosatini amalga oşirişda iştirok etiş vazifasi yuklatilgan.
Bundan taşqari, komissiya gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga qaratilgan qonunçilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratini amalga oşiradi va bu haqida Özbekiston respublikasi Oliy Majlis Senatiga ma’lumot kiritib boradi.
Ayollarning bugungi ahvoli haqida töğridan töğri Senatga axborot kirituvçi bu komissiyaning qanday axborot taqdim etayotgani bizga juda qiziq.
“Oila” ilmiy-amaliy markazi
Oilaning pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnopedagogik, etnopsixologik muammolarini örganiş hamda rivojlaniş istiqbollari böyiça taklif va tavsiyalar tayyorlaş bilan şuğullanadigan bu markaz ham hamon jimlikda. Bu yerda ham viloyat, şahar, tumanlardan taşqari markaziy tuzilmaning özida 26 nafar xodim bor.
Markazda avtomobil ajratilgan, davlat budjetidan moliyalaştiriladi.
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
Avvalgi nomi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti edi. Institutga 3 ta, jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatçi avtotransport vositasini saqlaş uçun limit ajratilgan, 34 nafar xodimi bor.
“Gender adolat yetakçisi” jamoasi
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi qoşidagi “Gender adolat yetakçisi” jamoasi tuzilib, unga 80 nafar yoş saralab olingan. Bu jamoa ham yiğiliş ötkazişdan boşqa biror natija qayd etmagan.
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş va salomatligini mustahkamlaş markazlari
Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi tomonidan tuzilgan bu markazlarga katta miqdorda mablağlar ajratilgan.
“Oqila ayollar” harakati
Bu yangi harakat Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi qoşida taşkil etildi. Harakatning vazifasi ayollar, ayniqsa, yoş qizlarga oilaga va vatanga sadoqat, fidoyilik, taşabbuskorlik tuyğularini singdiriş, “odobli qiz” va “ma’rifatli ona” qiyofasini şakllantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişdan iborat. Ma’lumotlarga köra, hozir mahallalarda oqila ayollar röyxati şakllantirilayotgan ekan.
Şunday röyxat bilan şakllantirilgan yana bir kengaş esa yanada ajablanarli:
Qaynonalar kengaşi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan taşkil qilingan “Qaynonalar kengaşi” qiz uzatayotgan va kelin olayotganlar röyxatini tuzib, ular bilan işlaydi. Özbekistondagi 8 mingdan ortiq mahalladagi kengaş 21 mingdan ziyod oilaning muammosini hal etgani aytilsa-da, oilalarda yoş ayollarning qurbon bölişi ortib bormoqda.
***
Umuman bu röyxatdagi hamma tuzilmalarning barçasiga budjetdan – xalqning pulidan maoş, maşinalar, binolar, haşamdor jihozlar ajratiladi. Ammo ular asosiy vazifasini bajarmayapti, ayollarni himoya qilmayapti.
“Kasalini yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi” deganlaridek, tadbirlardagi gaplar öz yöliga, öldirilgan ayollar, yetim qolgan bolalar röyxati amalda nima ekanini isbotlab qöyyapti. Içki işlar idoralari esa bu masalada lom-mim demaslik yölini tanlaşganiga ança bölgan. Ayollar va bolalar himoyasiga birinçi şaylanişi lozim bölgan bu idoralar bugun faqat statistika uçun jon kuydirişga qodir.
Unutgan bölsangiz eslatamiz, Xotin-qizlar qömitasiga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş vazifasi hamda oilani mustahkamlaş, xotin-qizlarni zöravonlik va tazyiqlardan himoyalaş böyiça qonun hujjatlari yuzasidan taqdimnomalar kiritiş huquqi ham berilgan.
Nomi jarangdor, soni bor, sifati yöq bu tuzilmalarning qatorini yana davom ettiriş mumkin, lekin ularning birortasi ayollar manfaati uçun xizmat qilmayapti. Saytlarida esa faqat ötkazilayotgan majlislar, hisobotlar, taqdimotlardan bölak heç narsa topa olmaysiz.
E’tibor bering: bunday taşkilotlar soni öldirilgan ayollar sonidan ham köp. Lekin hamma jim, hamma sukutda. Bu harakatsizlik, joy kuydirmaslik, tomoşa qilişlik bizga juda-juda qimmatga tuşyapti.