Ukraina qurolli kuçlari 5 va 6 dekabr kunlari dronlar yordamida Rossiyaning içki hududlardagi aerodromlariga ketma-ket zarbalar berdi. Yetkazilgan talafot u qadar katta emas, ikki aerodromda bittadan samolyot şikastlangan. Rossiya darhol uşbu aerodromlardagi samolyot va qanotli raketalarni evakuatsiya qildi. Ammo Ukraina droni 6 dekabr kuni Kurskdagi yonilği omboriga yana hujum qildi. Şu kuni Qrimdagi aerodromni nişonga olgan boşqa bir Ukraina droni urib tuşirildi.

Bu zarbalar uruşning hozirgi bosqiçi uçun buriliş nuqtasi bölişi mumkin. Kiyev özining dron va qanotli raketalaridan foydalanişni boşladi. Ular Moskvani mamlakat içidagi infratuzilmalarni nişonga oliş monopoliyasidan mahrum qilmoqçi.

Ukraina qurolli kuçlari qanday dronlardan foydalandi?

The New York Times gazetasining Ukraina harbiy rahbariyatidagi manbasiga köra, dronlar Ukraina hududidan uçirilgan. Eng uzoq nişon — Saratov oblastining Engels şahridagi aerodromgaça bölgan masofa Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan hududdan (Xarkiv oblasti şarqi) taxminan 630 kilometrni taşkil qiladi.

Rossiya mudofaa vazirligi zarbalarda «Sovet ittifoqi davrida işlab çiqarilgan reaktiv dronlar»dan foydalanilganini ma’lum qildi. Bu versiya Engels şahridagi kuzatuv kamerasi tomonidan suratga olingan video tasvirlari bilan mos keladi: portlaşdan biroz oldin aerodromda reaktiv dvigatel ovozi aniq eşitilgan.

600 kilometrdan köproq masofaga uça oladigan yagona «sovet davrida işlab çiqarilgan reaktiv dron» — Tu-141 «Strij» hisoblanadi.

Duşmanning orqa çiziğini tezkor razvedka qiliş uçun möljallangan uşbu dron 1970-yillar oxirida işlab çiqilgan. U kompyuter xotirasiga avvalroq kiritilgan marşrut böylab tovuş tezligiga yaqin tezlikda ming kilometr masofani uçib öta oladi. Qurilma zamonaviy standartlarga köra juda katta: uning uzunligi deyarli 15 metr, oğirligi esa beş tonnadan ortiq.

1990-yillarga kelib, «Strij» eskirdi: standart otiş rejimidagi ikki kilometrdan köproq balandlikda u havo mudofaasi uçun nisbatan oson nişonga aylandi. Şundan beri bu dronlar Rossiya Federatsiyasi va Ukraina qurolli kuçlarida zenit-raketa tizimlari hisob-kitoblarini örganiş uçun nişon sifatida işlatiladi. Boşqa qismlar qatorida, dron sensorlari ham eskirgan (asosiy versiyada kinokameralar işlatilgan).

Biroq, 2014 yildan keyin Ukraina qurolli kuçlari «Strij»larni yana öz razvedka maqsadlarida işlata boşladi va Donbassda ulardan foydalandi.