Dekabr oyida Rossiyadan dengiz orqali neft eksporti keskin kamaydi
Bloomberg ta’kidlashicha, YeIning Rossiya neftiga embargosi va G7 mamlakatlari tomonidan narxlarning yuqori chegarasi joriy qilinganidan so‘ng, dekabr oyining ikkinchi haftasida Rossiyadan neft eksporti ikki barobardan ko‘proqqa qisqardi.

Foto: Reuters
5 dekabrdan kuchga kirgan G7 mamlakatlari Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini belgilashi va uning Yevropa Ittifoqiga eksportiga embargo joriy etilishi Rossiya neft sanoatiga keskin ta’sir ko‘rsatdi, deb xabar beradi Bloomberg. Agentlikning 20 dekabr, seshanba kuni xalqaro tankerlar harakati ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 12-16 dekabr kunlari narxlar chegaralangan birinchi to‘liq haftada Rossiya portlaridan neft eksporti o‘tgan haftaga nisbatan 56 foizga kamaydi.
Xususan, Rossiyadan neft eksporti 2022 yil boshidan beri eng past ko‘rsatkichga yetib, dekabr oyining birinchi haftasidagi kuniga 3,4 million barreldan ikkinchi haftasida 1,6 million barrelgacha pasaydi. Rossiya neftini Qora dengiz orqali Novorossiyskdan tashish uch baravar, Boltiqbo‘yi portlaridan deyarli yarmiga (42 foizga), Murmanskdan uchdan biriga, Tinch okeani portlaridan 2,7 baravarga kamaydi.
Neft embargosi Yevropa Ittifoqining Ukrainaga bostirib kirishi uchun Rossiyaga nisbatan joriy qilgan navbatdagi jazo chorasiga aylandi. Taqiq dengiz transportiga ham taalluqli bo‘ldi, ammo "Drujba" neft quvuri unga kiritilmadi: Vengriya, Chexiya va Slovakiya undan vaqtincha foydalanishda davom etadi. Shunday qilib, YeIga yetkazib beriladigan Rossiya neftining hajmi endi 90 foizga kamayadi. 2021 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftining umumiy eksport hajmining deyarli yarmini (47 foiz) sotib oldi. Rossiya Yevropa Ittifoqiga eng yirik yetkazib beruvchi edi, RFning Yevropa bozoridagi ulushi 26 foizni tashkil etayotgandi.
Yevropa embargosi bilan bir vaqtda G7 jazo vositasi kuchga kirdi - Rossiya neftining dengizdan yetkazib berish narxi chegarasi bir barrel uchun 60 dollar etib belgilandi. Rossiyaning Urals markasidagi nefti bir barrel uchun 60-65 dollar darajasida o‘zgarib turibdi. Ammo bu chora befoyda emas, uni «narxlar chegarasini pasaytirish orqali Rossiyaga bosimni strategik oshirish tizimi» sifatida ko‘rish kerak, dedi Bryusseldagi Bruegel tahlil markazining energiya siyosati bo‘yicha eksperti Simone Talyapetra DW nashriga.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari narxlarning yuqori chegarasi bo‘yicha qarorni uzoq muhokamalar natijasida qabul qildi. Polsha bir barrel uchun 30 dollardan yuqori bo‘lgan chegaraga oxirigacha qarshilik ko‘rsatdi, chunki u boshqa hamma narsani Rossiya uchun juda qulay deb hisobladi, ammo 2 dekabr oqshomida chora shunga qaramay kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi
O‘zbekiston | 16:17
-
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”
O‘zbekiston | 16:14
-
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
Mavzuga oid

13:55
2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi

13:40
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi

19:11 / 10.04.2025
Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralari yakunlandi

17:05 / 10.04.2025