Bankrot bölgan FTX kriptovaluta birjasi asosçisi va sobiq boş direktori 30 yoşli Sem Benkman-Frid 250 million dollar (236 million yevro) garov va ota-onasining Kaliforniyadagi Palo-Alto qarorgohida uy qamoğida qoliş kafolati evaziga ozod qilindi. 22 dekabr, payşanba kuni Manxettendagi Federal sudda prokuror yordamçisi Nikolas Roos ta’kidlaganidek, bu AQŞda sudgaça bölgan bosqiçda federal darajada e’lon qilingan eng yirik garovdir. Benkman-Frid «epik miqyosda» firibgarlikda gumon qilinmoqda, deya qöşimça qildi Roos.
Prokuror yordamçisining aytişiça, garov foydasiga muhim dalil ötgan hafta Bagam orollarida Vaşington iltimosiga köra hibsga olingan tadbirkorning AQŞga ekstraditsiya qilinişiga rozi bölgani böldi. Tadbirkorga elektron bilaguzuk biriktirilgan. Kafolat şartlari unga AQŞda hukumat yoki sud ruxsatisiz kredit liniyalarini oçiş, yangi biznes oçiş va 1000 dollardan (944 yevro) ortiq moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişni taqiqlaydi.
Benkman-Fridning ikki eng yaqin biznes şerigiga ham ayblov qöyildi va ular allaqaçon aybiga iqror bölgan, deb xabar berdi AP. Xususan, Benkman-Frid savdo firmasi Alameda Research'ning sobiq ijroçi direktori Kerolin Ellison va FTX asosçilaridan biri Geri Vang firibgarlik qimmatli qoğozlar va tovarlar bilan sodir etilganligini tan oldilar.
Noyabr oyi boşida FTX Twitter'da bankrotlik töğrisida ariza bergani, boş direktor Benkman-Frid esa iste’foga çiqqanini e’lon qildi. Bu AQŞ tarixidagi eng yirik işlardan biriga aylandi. Kamida bir million mijoz öz mablağlaridan mahrum böldi.
AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi FTX kriptovaluta birjasining sobiq rahbari va asosçisi Sem Benkman-Fridni «investorlarni aldaş sxemasini taşkil etişda» aybladi.
Sentabr oyida Forbes biznesmenning boyligini 17,2 milliard dollar (16,2 milliard yevro) deb baholadi hamda FTX birjasi va Alameda Research kompaniyasi tufayli kriptovaluta biznesi bilan şuğullanuvçi eng boy tadbirkorlardan biri deb atadi. Benkman-Frid Stenford universitetida dars bergan ikki huquq professorining öğli.









