Rossiyaning Özbekistonga gaz uzatiş evaziga mamlakatning gaz-transport tarmoqlarini beriş va Özbekistonning Xitoyga gaz eksportini nazoratiga olmoqçi bölayotgani özbekistonliklar orasida jiddiy xavotir va noroziliklarga sabab bölmoqda.

Kun.uz muxbiri bu borada bir qator jamoatçilik faollarining fikrlarini töpladi.

Hamid Sodiq, siyosatşunos

Hamid Sodiq

— Eşitişimça, Rossiya öz gazini Qozoğiston orqali, “Markaziy Osiyo – Markaz” quvurlari orqali Özbekistonga yetkazib berişni “taklif” qilgan.

Evaziga esa Rossiya – Özbekistonning gaz-transport tizimini bozor narxida “Gazprom” egaligiga ötkaziş va Xitoyga gaz eksporti huquqini talab qilmoqda. Buni Rossiyaga xos energetik uruş deyiş mumkin.

2005 yilda sodir bölgan Andijon voqealaridan keyin Rossiyaga tegişli “Lukoyl” kompaniyasining işlari rivojlanib ketgandi. 2007 yilda Havuzak-Şodi Dengizköl gaz konidan ilk marta gaz çiqarilgan bölsa, 2011 yilda mazkur gaz konidan 10 milliard, 2015 yilda 30 milliard kubometr gaz qazib olingan.

Rossiya Federatsiyasining Gruziya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bilan bölgan nizolari va ularga ötkazayotgan bosimi markazida ham aynan energiya resurslari, xususan gaz yotadi.

Masala şundaki, mazkur keysda Rossiya markaziy masala emas. Biz özimiz “nönoqlik” bilan geosiyosiy ta’sir uçun şaroit yaratib beryapmiz. Yevropaga yönaltirilgan “gaz” zarbasi “rikoşet” bilan bizga tegdi.

Özbekiston uçun isloh qilinişi kerak bölgan ikkita muhim soha bor va ular bir-birini taqozo qiladi. Birinçidan, mamlakatimizda siyosiy islohotlar amalga oşirilişi va demokratiya tamoyillariga asoslangan saylovlar bilan şakllantiriladigan inklyuziv hukumat zarur. Ikkinçidan, energetik mustaqillikni ta’minlaş uçun jiddiy öylangan harakatlarni amalga oşiriş kerak. Mamlakatimiz bugun Krilov masalidagi yozni qöşiq aytiş bilan ötkazib yuborgan, hattoki qumursqaning oldida ham zaif bölib qolgan ninaçiga öxşab qoldi.

Har kuni ortiqça çiqimni talab qiladigan turli xil öta qimmat tadbirlar va köplab saroylardan iborat “passiv”lar örniga, energetik xavfsizlik uçun mablağ sarflanişi lozim.

Lola Saidova, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boş ilmiy xodimi