Rossiya, Özbekiston va Qozoğiston örtasida «gaz ittifoqi» tuziş ğoyasida heç qanday geosiyosiy öyinlar yöq. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Qozoğistonning «Xabar 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi. Video Rossiya TIVning Telegram-kanalida joylaştirilgan.

«Ayni vaqtda Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston örtasida gaz böyiça «uç tomonlama» loyiha şakllantiriş taşabbusi muhokama qilinmoqda. Tahlilçilar, ayniqsa Ğarbdagilar darhol bu qandaydir siyosiy yoki geosiyosiy «öyin» ekani haqida gapira boşlaşdi. Bu yerda heç qanaqa «öyin» yöq», – deya Lavrovning sözlarini keltirgan RIA Novosti.

Uning sözlariga köra, mamlakatlar umumiy gaz taşiş tizimiga ega va barça tomonlar mavsumiy piklar tufayli ta’minot uzilib qolmasligidan manfaatdor.

«Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston – umumiy gaz taşuv tizimiga ega qöşnilardir. Ular gaz iste’molining mavsumiy yuqori çöqqilarini hisobga olgan holda gaz ta’minoti uzilib qolmasligidan manfaatdor. Şu kunlarda Özbekistonda kutilmaganda elektr energiyasida keskin taqçillik yuzaga kelgani haqidagi xabarni öqib qoldim. Mana, heç qanday siyosiylaştirmasdan, mafkuraviylaştirmasdan öz imkoniyatlarimizdan foydalanib, fuqarolarimiz manfaatlari yölida amaliy masalalarni hal qilişimiz kerak bölgan aniq misol», – deya qöşimça qilgan Rossiya TIV rahbari.

  • Eslatib ötamiz, 28 noyabr kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Moskvaga taşrifi vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaz ittifoqi ğoyasi haqida gapirgan edi. Töqayevning sözlariga köra, Putin Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokida gaz ittifoqi taşkil etişni taklif qilgan va bu masalada Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga qönğiroq qilişini aytgan.
  • 29 noyabr kuni Töqayevning matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay gap Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston iştirokidagi uç tomonlama gaz ittifoqi haqida borayotgani, unga köra Rossiya gazining Qozoğiston va Özbekiston hududi orqali transportirovka qilinişini muvofiqlaştiriş nazarda tutilganini aytdi.
  • Keyinroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Prezidentlar, rasmiy relizga köra, «Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari» böyiça fikr almaşgan.