Uning eslaşiça, qariyb bir yildan beri Rossiya ukrainaliklarni bombalar yordamida böysunişga majburlaş maqsadida falokat va terror strategiyasini amalga oşirmoqda. 

«Biz Baxmutda, Soledarda, Dniprodagi oxirgi holatda bunday yondaşuvni körmoqdamiz. Ammo ukrainaliklar qarşilik körsatmoqda va kuraşişda davom etadilar. Biz, Yevropa Ittifoqi, kerak bölganda ularni qöllab-quvvatlaşda davom etamiz. Yevropa tinçlikni saqlaş jamğarmasini kengaytiriş orqali harbiy qöllab-quvvatlaşni davom ettiramiz. Harakat qiliş vaqti keldi», dedi u. 

Mişel Ukrainaga zudlik bilan köproq qurol yetkazib beriş lozimligini ta’kidladi. «Şaxsan men Ukrainaga tanklar taqdim etiş tarafdoriman», — dedi u.

Polşa Ğarbning oğir jangovar tanklarini Ukrainaga jönatişini e’lon qilgan birinçi NATO davlati böldi. 11 yanvar kuni keçqurun xalqaro koalitsiya tarkibida Leopard-2 tanklari rotasini Kiyevga ötkaziş töğrisidagi qarorni Polşa prezidenti Anjyey Duda Ukraina va Litva prezidentlari Volodimir Zelenskiy hamda Gitanas Nauseda bilan Lvovdagi uçraşuvdan söng e’lon qildi. 

Gap 14 ta tank haqida ketmoqda. Dudaning bayonotiga qaramay, Polşa hali tanklarni yubora olmaydi, çunki bu ularni işlab çiqaruvçi - Germaniyadan reeksport litsenziyasini talab qiladi.

Berlin bunga hali tayyor emas. Federal kansler matbuot kotibi Şteffen Hebeştrayt çorşanba kuni keçqurun Germaniyaning reeksportga qarşi pozitsiyasi özgarmaganini aytdi. Hebeştrayt, şuningdek, NATO ittifoqçilarining reeksport sörovlaridan ham, Ukrainaga töğridan töğri Germaniyadan tanklar yuboriş takliflaridan ham bexabar ekanligini ta’kidladi.