Jahon | 17:17 / 20.01.2023
44062
5 daqiqa o‘qiladi

Qamaldagi Baxmut va muz ichiga tushayotgan askarlar. Urush suratlari

 Ukrainada urushning 330-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Yevroparlament Vladimir Putin, shuningdek Rossiya va Belarus oliy rahbariyati uchun maxsus harbiy tribunal tashkil etishni yoqlab ovoz berdi. Yevrodeputatlarning 472 nafari ovoz berishda «ha» tugmasini bosgan, 19 deputat qarshi chiqqan. Ammo Yevroparlament rezolyutsiyasi majburiy yuridik kuchga ega emas;
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» yollanma jangchilari Baxmut atrofidagi Kleshchiyevka posyolkasini «to‘liq nazoratga olgani»ni aytdi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi rossiyaliklarning bu hududga hujumlari qaytarilganini ma’lum qildi;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda Moskvadagi binolar tomlarida harbiy texnikalar joylashtirilgani aks etgan foto va videolar paydo bo‘ldi. Ular qatorida — «Pansir-S1» zenit-raketa kompleksi RF mudofaa vazirligi binosi tomiga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. Moskva rasmiylari va RF mudofaa vazirligi bu xabarlarga izoh bermadi;
  • Eron Ukrainaning annexia qilingan hududlari, jumladan Qrimni Rossiyaniki deb tan olishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Eronning Shahed 136 va Shahed 131 dronlarining so‘nggi partiyasi Rossiyaga dekabr oyida kelgan bo‘lishi mumkin.

Baxmutdagi hayot

Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning Baxmutga 2022 yil iyulidan buyon davom etayotgan hujumlarini to‘xtatib turibdi. 19 yanvar kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmutdan 5 kilometr janubda joylashgan Kleshchiyevka posyolkasi egallanganini xabar qildi. Ukraina tomoni ushbu aholi yashash manzili boy berilganini tasdiqlamagan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining 19 yanvar kungi svodkasida rossiyaliklarning ushbu qishloqqa hujumi qaytarilgani ma’lum qilingan. Quyida qamal holatidagi Baxmut shahridagi hayot aks etgan suratlar.

Ukrainalik jangchi foydalanishdan olingan va yodgorlikka aylantirilgan qiruvchi samolyot uchiga Ukraina bayrog‘ini ilmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutdagi ko‘chalardan birida ukrain harbiy texnikasi yonidan o‘tayotgan tinch aholi vakili
Spencer Platt / Getty Images
Ibodatxona fonida yo‘l belgisiga mustahkamlangan Ukraina bayrog‘i
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oskolka izlari ko‘rinib turgan mashinada o‘tirgan baxmutlik ayol
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutning markaziy ko‘chalaridan birida yonib ketgan uy devorida aks etgan Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning portreti va «Baxmut lyubit Ukrainu» («Baxmut Ukrainani sevadi») yozuvi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatlari

Chasiv Yar shahri Baxmutdan taxminan 20 kilometr g‘arbda joylashgan. 16 yanvar kuni Rossiya qo‘shini Chasiv Yarni o‘qqa tutdi, maktab binosi va yana bir qancha uylar vayron bo‘ldi. Hujum vaqtida hech kim jabrlanmagan. Quyida voqea joyida ishlayotgan ukrainalik qutqaruvchilar suratlari.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Luhansk oblastida rossiyaliklar vertolyoti 

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Frontning ikki tomonida Cho‘qintirish kuni 

Mariupoldagi Taganrog bo‘g‘ozi sohilida Cho‘qintirish kunida cho‘milayotgan kishi. Harorat — plyus 5 daraja
Nikolay Trishin / TASS
Pravoslav ruhoniysi Luhanskdan taxminan 40 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan, «LXR» nazoratidagi Alchevsk shahri ibodatxonasida marosim o‘tkazmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskdan taxminan 120 kilometr shimolda joylashgan, Kiyev nazoratida qolayotgan Slovyansk shahrida muz teshigiga tushayotgan ukrainalik harbiy. Foto: Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ruhoniy Kiyev-Pechersk lavri hovlisida dindorlarga suv sepmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Buchadagi Buchanka daryosida cho‘milayotgan dindorlar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Buchada harbiy xizmatchilarning dafn etilishi

15 yanvar kuni Baxmutda halok bo‘lgan ukrainalik harbiy Oleksiy Zavadskiyning yaqinlari uning dafn marosimida
Daniel Cole / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid