O‘zbekiston | 21:03 / 25.01.2023
52507
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zgarishlardan keyingi hukumat: 69 ta vazirlik va idora ro‘yxati

21 ta vazirlik, 12 ta qo‘mita, 25 ta agentlik va 11 ta inspeksiya: O‘zbekistonda ma’muriy o‘zgarishlardan keyingi Vazirlar Mahkamasi tizimi jami 69 ta tashkilotdan iborat bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi / Foto: Kun.uz

Prezident farmoniga ko‘ra, 26 ta vazirlik va idora bevosita VMga bo‘ysunadi. 43 ta idora esa vazirliklarning tarkibida bo‘ladi.

Farmon bilan ijro hokimiyati organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi:

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

  • Soliq qo‘mitasi
  • Bojxona qo‘mitasi
  • Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (O‘zdavzaxira)
  • G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (G‘aznachilik)
  • Kadastr agentligi
  • Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
  • Asillik inspeksiyasi

2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

  • Texnik tartibga solish agentligi
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
  • Eksportni rag‘batlantirish agentligi
  • Farmagentlik

3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
  • Mahalla va tadbirkorlik agentligi
  • Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi

  • Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi
  • Ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasi
  • O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
  • Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi
  • Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi (O‘zagroinspeksiya)

5. Suv xo‘jaligi vazirligi

  • Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (Suvxo‘jaliknazorat)

6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi

7. Transport vazirligi

  • Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
  • Fuqaro aviatsiyasi agentligi (O‘zaviatsiya)
  • Temiryo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (O‘ztemiryo‘lnazorat)
  • Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zyo‘linspeksiya)

8. Energetika vazirligi

  • Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (O‘zatom)
  • Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya)

9. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (Kon-geologiya vazirligi)

  • Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (Kontexnazorat)

10. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Raqamlashtirish vazirligi)

  • Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (O‘zbekkosmos)
  • Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat inspeksiyasi (O‘zkomnazorat)

11. Tabiat resurslari vazirligi

  • O‘rmon xo‘jaligi agentligi
  • Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet)

12. Sog‘liqni saqlash vazirligi

  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (Sanepidqo‘m)

13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

  • Maktabgacha ta’lim agentligi
  • Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

  • Innovatsion rivojlanish agentligi
  • Bilim va malakalarni baholash agentligi

15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi

  • Yoshlar ishlari agentligi

16. Madaniyat va turizm vazirligi

  • Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
  • Kinematografiya agentligi

17. Adliya vazirligi

  • O‘zarxiv agentligi
  • Personallashtirish agentligi

18. Tashqi ishlar vazirligi

19. Favqulodda holatlar vazirligi

20. Ichki ishlar vazirligi

21. Mudofaa vazirligi

  • Mudofaa sanoati agentligi

22. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Raqobat qo‘mitasi)

23. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

24. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv)

25. Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA)

26. Madaniy meros agentligi


Prezident farmoniga asosan, yuqorida sanab o‘tilgan vazirlik va idoralarda:

  • 17 447 ta shtat birligi (jami shtatlarning 24 foizi) qisqartiriladi; xususan, rahbar o‘rinbosarlari soni 207 tadan 144 taga kamayadi; natijada 703 ta avtotransport va 10 ta bino bo‘shashi kutilyapti;
  • xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafardan oshmaydi;
  • nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarini kiritish qat’iyan taqiqlandi;
  • o‘ndan ortiq tarkibiy tuzilma shakllaridan (departament, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, shu’ba, xizmat, byuro, guruh va h.k.) faqat 4 tasi qoladi;
  • xizmat mashinasi ta’minoti autsorsingga o‘tkaziladi;
  • jamg‘armalarning ijro organlari tugatiladi.

Farmon talablari kimlarga tatbiq etilmaydi?

Vazirlar Mahkamasidan mustaqil organlarga:

  • Bosh prokuratura
  • Davlat xavfsizlik xizmati
  • Milliy gvardiya
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
  • Hisob palatasi

Prezident va Prezident administratsiyasi huzuridagi tashkilotlarga:

  • Statistika agentligi
  • Strategik islohotlar agentligi
  • Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar agentligi
  • Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
  • Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
  • Biznes-ombudsman
  • Xalq qabulxonalari
  • Prezident davlat xavfsizlik xizmati
  • Tibbiyot bosh boshqarmasi

Eslatib o‘tamiz, yuqorida sanab o‘tilgan organlardan tashqari, davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi (Senat, Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlar) va sud organlari (sudlar, Sudyalar oliy kengashi), Markaziy saylov komissiyasi va Markaziy bankni ham o‘z ichiga oladi.

Birinchi darajali budjet taqsimlovchilari qatorida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK, Milliy axborot agentligi hamda nodavlat-notijorat tashkilotlari – Savdo-sanoat palatasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi ham bor.

Mavzuga oid