Kolumbiyaning Kartaxena şahridagi sudya Xuan Manuel Padilya Garsiya hukm çiqarişda ChatGPT neyrotarmoğidan foydalanganini tan oldi. U buni vaqtni tejaş zarurati bilan izohladi.
Iş autist bolani davolaş uçun zarur bölgan suğurta tölovlari bilan boğliq edi. Sudya suğurta kompaniyasi barça transport va tibbiy xarajatlarini qoplaşi kerak degan hukm çiqardi.
Ma’lumot uçun, ChatGPT — sun’iy intellektga ega, köpvazifali çat-bot hisoblanadi. U suhbat olib borişi, şe’r, ssenariy yozişi va boşqa köplab vazifalarni bajarişi mumkin.
Sudya sözlariga köra, u ChatGPT orqali Konstitutsiyaviy sud şunga öxşaş işlar böyiça ijobiy qaror qabul qilgani yoki yöqligini izlagan. Padilyaning ta’kidlaşiça, u çat-botdan kör-körona foydalanmagan, javoblarni tekşirgan va özining huquqiy dalillari bilan teng ravişda qöllagan. Uning fikriça, neyrotarmoq sudyaning örnini bosa olmaydi, lekin hujjatlarni tayyorlaşni osonlaştiradi.
«Sun’iy intellektdan (SI) foydalanişdan maqsad — heç qanday holatda sudyaning almaştirilişini anglatmaydi. Aslida, biz hujjatlarni tayyorlaşga sarflangan vaqtni optimallaştirişga intilamiz. SI javoblaridan ma’lumotlar tasdiqlangandan keyin foydalanildi», deyiladi qarorda.
Padilya Radio Blu efirida sud jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş majburiyatini yuklagan qonunni eslab ötdi.
«Sudyalar odil sudlov va texnologiya sohasidagi özgarişlardan xabardor bölişi kerak. Kolumbiyadagi pandemiyadan keyin biz sud tizimida innovatsiyalarni boşladik. Bugun bu ChatGPT bölişi mumkin, ammo keyinroq sudyalarga yordam beriş uçun köproq vositalar paydo bölişi mumkin. Bu sun’iy intellekt bizga tuşunarli sözlar bilan juda aniq jumlalar tuzişga yordam beradi», dedi u.
Avvalroq, ChatGPT tarixdagi eng tez rivojlanayotgan servis-ilovaga aylanib, atigi ikki oy içida obunaçilari sonini 100 milliondan oşirgani va TikTok platformasidan özib ketgani haqida xabar berilgan edi. ChatGPT servisi hali hamma mamlakatlarda işlamaydi va faqat ingliz tilini qöllab-quvvatlaydi.

















