Toshkent shahrida YTH sodir qilib, piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi. Haydovchi oldinroq o‘g‘irlik jinoyatini ham sodir qilib, sudlangani ma’lum bo‘ldi.

Kun.uz tanishgan sud hukmida keltirilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan Murodilla Zabixullayev tanishining nomidagi Lacetti mashinasini ishonchnoma orqali boshqarib kelgan.

U 2024 yil 18 sentabr kuni tezlik cheklangani haqidagi yo‘l belgilariga amal qilmasdan mashinani Shayhontoxur tumani Samarqand darvoza ko‘chasi bo‘ylab 112,7 km/soat tezlikda boshqargan. So‘ngra boshqaruvni yo‘qotib, Samarqand darvoza va Abu Ali ibn Sino ko‘chalari kesishmasida o‘ziga yo‘l ochiq bo‘lgan paytda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan, 2005 yilda tug‘ilgan qizni katta tezlikda urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida halok bo‘lgan.

Murodilla Zabixullayev sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan.

“Urib yuborganimdan so‘ng mashinadan tushib, hushsiz holatda yotgan piyodaning oldiga yugurib bordim va unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Keyin tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilib, YTH joyiga chaqirdim. Shu payt atrofga notanish fuqarolar to‘plandi. Ulardan biri piyodani shifoxonaga olib borish kerakligini aytdi. Shok holatida bo‘lganim sababli mashinani boshqara olmasligimni aytib, atrofdagi fuqarolardan kimda mashina bo‘lsa, shifoxonaga olib boraylik, deya iltimos qildim. Shu payt piyodaning og‘zidan qon otilib chiqib, nafas olmay qoldi. Shu yerdagi oilaviy poliklinikadan tibbiyot xodimlari chiqib, piyoda vafot etganini aytdi”, degan haydovchi o‘z ko‘rsatmasida.

Mazkur YTH sodir bo‘lganida Kun.uz holatni o‘rgangandi. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, qiz mashina urib yuborgandan so‘ng bir muddat tirik bo‘lgan. Haydovchi uni kasalxonaga olib borishdan bosh tortgan. Tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelguncha u jon bergan.

“Odam urib ketdi deyishdi. Jonholatda pastga tushdim. Kelib qarasam qiz og‘ir ahvolda yotgan ekan. Haydovchiga ko‘tar, yordam ber, dedim. U bo‘lsa qo‘lida chilimini ko‘tarib olgancha “mashinamga ortmayman”, deb javob berdi. Biroz o‘tib qiz jon berdi. Haydovchi juda katta tezlikda kelgan. Men ikkinchi qavatdan tushib, to buyoqqa kelgunimcha qiz tirik edi. Keyin 5 minutdan so‘ng jon berdi. Tez yordam mashinasi keyin keldi