2018–2022 yillarda Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatilayotgan xizmat turlari qariyb 7 baravarga ortib, 37 tadan 261 taga yetkazildi. 2022 yilda 78 ta davlat xizmatini körsatiş yölga qöyildi. Bugungi kunda mavjud 771 ta davlat xizmatidan 261 tasi Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatilmoqda.

2018–2022 yillarda jismoniy va yuridik şaxslarga 43 milliondan ortiq xizmat körsatildi. Şundan 2021 yilda 9,4 millionta, 2022 yilning 11 oyida esa 9,3 milliondan ortiq (2017 yilga nisbatan 83 barobar köp) xizmat körsatildi. Bir kunda örtaça 45 mingga yaqin aholiga davlat xizmati körsatilmoqda.

Şahar markazidan 50-100 km olisda joylaşgan hududlarda Davlat xizmatlari markazlarining 140 ta filiali taşkil etilib, ular tomonidan şu kunga qadar 210 mingga yaqin xizmat körsatildi va fuqarolar ovoragarçiligining oldi olindi.

Davlat idoralari tomonidan davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida byurokratiya va qoğozbozlikni qisqartiriş maqsadida 73 turdagi hujjat va ma’lumotnomalarning aholidan talab qilinişi bekor qilindi, 200 dan ortiq tartib-taomillar soddalaştirildi.

Davlat xizmatlarini körsatişda talab etiladigan hujjatlar soni 221 tadan 95 taga qisqartirildi. 73 turdagi hujjat, masalan, ruhiy kasalliklar va narkologiya böyiça hisobda turişi yoki turmasligi; sudlanganlik; manzil-ma’lumot axboroti; fuqaroning nomida uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi; turar joyning maydoni; soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi; pensiya va nafaqa miqdori; pensiya va nafaqa oluvçilar röyxatida mavjudligi; nikoh qayd etilganligi yoki nikohdan ajralganligi; şaxsni tasdiqlovçi hujjat nusxasi; şaxsning fotosurati; mehnat daftarçalari nusxalarini, iş haqi va iş stajini tasdiqlovçi ma’lumotni, davlat boji va yiğimlar tölanganligini tasdiqlovçi hujjat kabilarning qisqartirilişi natijasida yiliga