Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimlari kömagida Rossiyaning Tiva Respublikasida vaqtinça işlayotgan tört nafar özbekistonlik vatanga qaytarilgan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, özbekistonliklar yaşab kelgan joyda sodir bölgan kuçli yonğin oqibatida ularning hujjatlari, şu jumladan, pasportlari yöqolgan.
Diplomatlar tomonidan tört nafar yurtdoşimizning Özbekistonga qaytişi uçun guvohnoma va boşqa zarur hujjatlar tezkorlik bilan rasmiylaştirilgan.
Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan esa "Novosibirsk-Toşkent" yönalişi parvoz qiladigan samolyotga çipta xarid qilingan. Ular şu 2025 yil 25 yanvar kuni Toşkentga kuzatib qöyilgan.

















