“Orzuga yetişişdan köra orzuning özi gözalroq” degan gap bor. Köpçiligimiz nimanidir orzu qilib yaşaymiz, vaqtlar kelib öşa orzumiz uşaladi. Ammo unutuvçanmiz, öşa ne'mat xuddi azaldan bölgandek, u bilan yaşaş oddiy holatdek tuta boşlaymiz özimizni.

Toşkent propiskasi ham bir vaqtlar uşalmasdek tuyiladigan orzu edi.

Oğriqlar

Men Toşkent propiskasiga ötişni 8 yil kutganman. Lekin 15-20 yil kutgan odamlarni ham, ötolmay öz yurtiga (qiziq ibora, Toşkent kimning yurti ekan) qaytib ketganlarni yoki çin dunyoga ravona bölganlarni ham bilaman. Ya'ni poytaxt röyxatidan ötiş şu qadar muammo ediki, köpçilikning bunga umri yetmay qolgan.

Avval ham kelib-ketib yurganim uçun Toşkentdan qarindoşim nomiga kvartira xarid qilgandim. 2010 yilda köpçilik hazil aralaş mubolağa qiladigandek poyezdga tavakkal osilib emas, rasmiy taklifga köra işga keldim. Uyim bor, işim bor, oz-moz jamğarmam bor – bir qaraşda hammasi risoladagidek. Ammo darhol bir kemtiklikka duç keldim: qizimni boğçaga joylaş kerak – propiska, öğlim maktabda öqişni boşlaşi kerak – propiska, çaqaloğimizga poliklinika röyxati – propiska, ayolim işga joylaşişi – propiska...

Bular-ku, mayli, davlat taşkilotlarining talablari. Kunlarning birida pastimizda ijarada yaşaydigan qöşni “bolalaring yurganda şovqin qilyapti” deb töpolon kötardi. Uzr söradim, imkon qadar tinçlantirdim. Lekin bir gapi öyib ketdi: “Bu yer sening qişloğing emas, agar yana bir marta şunday qilsalaring, uçastkovoyni çaqiraman!”

Naş'a qildi, gapdan qolmadim. “Aka, men-ku öz uyimda yaşayapman, siz ijarada tursangiz, uçastkovoy çaqirsangiz, birinçi navbatda özingizga muammo böladi-ku?!” deganimda köksiga muştlab (mubolağa qilmayapman), labidan şoh jumlani uçirdi: “Mening propiskam – Toşkentniki!”

Pisib qoldim. Bu menga nisbatan uning katta ustunlikka ega ekanini anglatiş bilan birga, mening öz vatanim poytaxtida ikkinçi (balki, beşinçi) darajali odam ekanligimni eslatib qöygandi.

Vaqti kelsa, pasportida menda yöq bitta muhrli har qanday notavon ham meni yoki bolalarimni tepkilab ötişi mumkinligini bildirardi...

Içimga yutişdan, sabr qilişdan özga ilojim yöq edi. Şunda özimga qat'iy qaror qildim – nima qilib bölsa ham, qança pulim ketsa ham, Toşkent propiskasiga kiraman!

Lekin tez orada angladimki, çuçvarani xom sanabman.