Bir eslab köring: yaqin ötmişda notarial idora iş bitişi qiyin bölgan, olib borilgan hujjatlardan albatta kamçilik topadigan va qaytaradigan, közini löq qilib pora oladigan taşkilot edi. Bu holat Özbekistonda xususiy notariuslar faoliyati yölga qöyilgandan keyin ham davom etdi. 2010 yilda esa barça xususiy notariuslar litsenziyasi bir kunda bekor qilindi va şu paytgaça ham juda abgor bölgan soha haqiqiy töpolonlar makoniga aylandi. Fuqarolar bitta oddiy hujjatni tasdiqlaş uçun ham haftalab kutadigan bölib qolişdi.

Hayotimizga kirib kelgan yaxşi özgarişlarga tez könikamiz, yutuqlarni oson unutamiz, e’tirof etişni munosib körmaymiz. Bizda negadir hamma soha ortda qolayotganday, heç narsa örnidan siljimayotganday tasavvur uyğongan. Lekin ayrim vazirliklar va sohalarda real islohotlar közga körinib qoldi.

Masalan: yaqin yillargaça ham köçmas mulk sotiş va sotib oliş haqiqiy daxmaza edi. Keling, öşa davrdagi jarayonni oddiy tilda, bosqiçma-bosqiç tuşuntirib ötamiz:

1. Xaridor bilan narx borasida kelişib, bönak, ya’ni zaklad olinadi va uyni rasmiylaştiriş uçun örtaça 10-15 kun muddat belgilanadi;

2. Xonadonda propiskada turganlar haqida ma’lumotni anglatuvçi Forma-17 ma’lumotnomasini olişga boriladi. Uni beruvçi taşkilot seşanba kuni tuşdan keyin, payşanba va şanba kunlari tuşgaça işlaydi. Juda katta navbatlar, asabbuzarlik bilan keçadi;

3. Uy sizniki ekanini bildiruvçi ma’lumot oliş uçun kadastrga borasiz. Qölingizda hujjat bor, oldi-soti şartnomasi turibdi, uni şu kadastr taşkiloti tasdiqlagan. Yöq, navbatda turib, diqqat bölib, pulini tölab, örtaça 5-7 kunda ma’lumotnomani olasiz. Tezlaştirmoqçi bölsangiz “qistirasiz”, undayam 2 kunda qilib berişadi. Odatda hamma qistiradi va hamma kutadi;

4. Kommunal xizmatlardan ma’lumot oliş uçun işga kirişasiz. “Issiq suv” degan bir taşkilot borki, uning ma’lumotnomasini oliş AQŞ vizasidan ham qiyin bölgan bölsa kerak. Avval ariza berasiz. Kelib “sçetçik”ni körib ketişadi. Keyin F-17 bilan birga 7-8 ta hujjat topşirasiz. Tölovlarni qilasiz. Ana undan keyin navbatda turasiz. Bu yerda ham rosa odam, ya’ni “uzat-uzat” avjida. Hamma noiloj, pul beriş şart deb öylaydi;

5. Sovuq suvdan kelişadi. Issiq suvdan sal osonroq. Lekin buyam bir sarguzaşt. Kelib tekşiradigan inspektorni obdon kutasiz. Tezroq kelişi uçun nima qilişni hamma tuşunadi;

6. Murojaatga köra gaz idorasidan ham kelişadi. Hamma yoqni tekşiradi, allaqayerdan aql bovar qilmas qarzlar çiqib keladi. Hayratdan yoqa uşlaysiz va najot izlab gazçiga termulasiz. U “ha mayli, faqat sizga qilib beryapman” deganday iddaolar bilan çöntagingizni qoqlab, bir parça qoğoz beradi. Ana şu qoğoz bilan keyin borib ma’lumotnoma olasiz;