2023 yil 13 fevral, Toşkent. «Orient Group» kompaniyasining asosiy biznes yönalişlaridan biri bölmiş – Makro supermarketlar tarmoğini transformatsiya qiliş va uzoq muddatli rivojlantirişni jadallaştiriş strategiyasini amalga oşirişda davom etmoqda.

Bugun Rossiyaning eng yirik «X5 Group» çakana tarmoği direktorlar kengaşi a’zosi, Kuzatuv kengaşi raisi va Tayinlaş va iş haqi qömitasi raisi Pyotr Demçenkov «Makro» kuzatuv kengaşiga saylandi. U «Makro» Kuzatuv kengaşi işini taşkil etiş, Kengaş vakolatiga kiruvçi strategik va taşkiliy masalalarni hal etiş, şuningdek, operativ muammolarni hal qilişda rahbariyatga ekspert yordamini körsatişga javob beradi.

Pyotr Demçenkov FMCG, çakana savdo va logistika kompaniyalarida yirik boşqaruv tajribasiga ega. 15 yil davomida u Rossiya, Belorussiya va Qozoğistonda faoliyat yurituvçi ALIDI distribyutor-logistika kompaniyasi biznesini boşqargan. 8 yil davomida Pyotr «X5 Group» kuzatuv kengaşining a’zosi. Hozirda Olina Oy (Finlandiya) investitsiya kompaniyasiga egalik qiladi.

“Biz «Makro»ga global çakana savdo sohasida katta tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilişda davom etmoqdamiz. Bugungi kunda logistika va çakana savdo sohasida çuqur tajribaga ega Pyotr Demçenkov supermarketlar tarmoğimizning Kuzatuv kengaşiga mustaqil direktor (NED) sifatida qöşildi. Işonçim komilki, uning tajribasi investitsiyalarni jalb qiliş, samaradorlikni oşiriş, yanada sifatli xizmat körsatiş tizimini yaratiş, mijozlarimiz uçun keng turdagi va maqbul narxlarni taqdim etiş böyiça tasdiqlangan strategiyani amalga oşirişga yordam beradi”, — deydi «Orient Group» boş direktori Andrey Maslov.

“Bugun Özbekiston Yevrosiyodagi eng istiqbolli bozorlardan biri hisoblanadi. Men «Makro» Kuzatuv Kengaşiga a’zo böliş taklifini katta iştiyoq bilan qabul qildim, çunki bu yerga kelganimdan söng bu bozor yillar davomida qay darajada özgarganiga hayron böldim. Men «Orient Group» asosçilari va rahbariyatiga bildirgan işonçlari uçun minnatdorman va umuman holding, xususan, «Makro» supermarketlar tarmoği oldida turgan ulkan maqsadlarga erişiş uçun turli mamlakatlarda olgan bilim va tajribamni qöllaşdan xursand bölaman”, — dedi Pyotr Demçenkov.

Kompaniyalar haqida:

Orient Group Özbekistondagi eng yirik xususiy investorlardan biridir. Kompaniya 22 yildan ortiq vaqtdan beri muvaffaqiyatli biznes yuritib, 25 000 nafar xodimlar, investorlar, hamkorlar va mamlakatning barça aholisi uçun eng yaxşi kelajak yaratmoqda. «Orient Group» biznes portfeliga iqtisodiyotning turli tarmoqlari: development, logistika, töqimaçilik sanoati va çakana savdo sohalaridagi korxonalar va loyihalar kiradi. Batafsil ma’lumot rasmiy saytda: www.orientgroup.uz

«Darvoza Savdo» MÇJ MAKRO savdo belgisi («Orient Group» tarkibiga kiruvçi) Özbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmoği hisoblanadi. 12 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida kompaniya mamlakatimizning 30 ta şahrida 109 dan ortiq supermarket oçgan. MAKRO missiyasi dökonga oddiy borişni qiziqarli gastronomik sayohatga aylantirişdir. Tarmoqning assortimenti eng yangi mahsulotlar va mahsulotlarning keng tanlovini öz içiga oladi, jumladan özining Mbrand, Master Bakery va Master Chef brendlari. Oziq-ovqat sifati tizimi ISO 9001:2015, ISO 2200:2018 sertifikatlari bilan tasdiqlangan. Har kuni tarmoq supermarketlariga 88 000 dan ortiq mijoz taşrif buyuradi. Kompaniyada 3900 dan ortiq xodim işlaydi. 2021 yilda MAKRO «Convenience Store of the Year» («Uy yonidagi eng yaxşi qulay dökon formati») va «Domestic Retailer of the Year» («Eng yaxşi mahalliy çakana savdo tarmoği») nominatsiyalari böyiça nufuzli Retail Asia Awards mukofotlarini qölga kiritdi.

Reklama