O‘lja qilingan tanklarni tuzatayotgan mexaniklar va Donbassdagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 355-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiya mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinishga tayyorlangani haqida aytdi. Avvalroq Volodimir Zelenskiy ham Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda shu haqda ogohlantirgandi.
- AQSh o‘z fuqarolarini zudlik bilan Rossiya hududini tark etishga chaqirdi. Fransiya TIV ham Belarusda bo‘lib turgan o‘z fuqarolariga shunday murojaat bilan yuzlangan va bunda «Rossiyaning Ukrainada boshlangan yangi yurishi»ga havola berildi.
- «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi ikkita video tarqatdi: ulardan birida asirlikdan qaytgan yollanma jangchi Dmitro Yakushchenkoning o‘ldirilishi, boshqasida Yakushchenko o‘zining «afv» etilgani haqida gapirayotgani aks etgan.
- Rossiyada harbiylarga chiqarilgan hukmlar bo‘yicha statistika maxfiylashtirildi. Oliy sud buni FSB va Mudofaa vazirligi buyruqlari bilan izohladi.
- Polsha va Germaniyada ukrainalik harbiy xizmatchilarni Leopard 2 jangovar tanklarini boshqarishga o‘rgatish boshlandi. GFR mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarni birinchi chorak oxirida, aprel oyida yakunlashni rejalashtirmoqda.
- The New York Times nashri Ukraina tomonida jang qilayotgan rossiyaliklar haqida hikoya qilib, «Svoboda Rossii» legioni mavjudligini tasdiqladi.
Kun kadri. Petrovkadagi vayrongarchiliklar
Donetsk oblastidagi front chizig‘ida turgan ukrainalik harbiylar
Rossiyaning Donbassdagi yurishi davom etmoqda, ammo, Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabiga ko‘ra, rossiyalik safarbar qilinganlar oldinga yurishdan bosh tortishi bilan bog‘liq holatlar borgan sari ortmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti ekspertlari tasdiqlashicha, RF qo‘shini Vuhledar atrofida «halokatli yo‘qotishlarga uchragan», Ukraina qurolli kuchlari vakillari esa Rossiya armiyasi ushbu shaharni shturm qilish chog‘ida 155-dengiz piyodalari brigadasi saralangan tarkibini to‘liq yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z brifinglarida Vuhledardagi muvaffaqiyatlar haqida aytmoqda, Vladimir Putin esa dengiz piyodalari Ukrainada «qahramonlarcha jang qilmoqda» deb hisoblaydi. Quyida front chizig‘ida olingan navbatdagi suratlar.
Rossiyaliklardan o‘lja qilingan tanklar ta’mirlanadigan zavod
Ukrainadagi «Fond Sergeya Prituly» xayriya tashkiloti mamlakat sharqidagi (aynan qayerdaligi — aniq emas) zavodni moliyalashtiradi, Jang maydonida o‘lja qilib olingan Rossiya harbiy texnikalari ta’mirlash uchun shu yerga yuboriladi. O‘lja qilingan harbiy mashinalar tuzatilib, yana frontga yuboriladi va Ukraina kuchlari yo‘qotishlari o‘rnini to‘ldiradi. Quyida ushbu zavoddagi mexaniklarning ish jarayoni aks etgan suratlar.
Kiyev oblastida dafn marosimi
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024