Maşğulotlar Munsterdagi (Quyi Saksoniya) tank qöşinlari maktabida bölib ötmoqda va birinçi çorak oxirida tanklarni Ukrainaga topşiriş bilan «sinxron» tarzda yakunlanadi. 

Berlin Kiyevga 14 ta Leopard 2A6 tanklarini va’da qilgan.

Germaniya hukumati Ukrainaga 178 ta Leopard 1 tankini topşirişga rozi böldi, deb yozdi Spiegel öz manbalarga tayanib. Naşr ma’lumotlariga köra, rasmiy ta’minot haqida yaqin orada e’lon qilinadi.

Tanklarning bir qismi yozda Ukrainaga yetib boradi. Biroq, ta’minotning asosiy qismini Kiyev 2024 yilda oladi. Business Insider avvalroq Germaniya Ukrainaga 187 ta Leopard 1 tankini yuborişi haqida xabar bergan edi.

Spiegel ma’lumotlariga köra, Ukraina kamroq tank olişi ham mumkin. Çunki tanklarni ta’mirlaş uçun ularning ba’zilarini qismlarga ajratişga töğri keladi.

Şu bilan birga, Rheinmetall qurolsoz kompaniyasi boş direktori Armin Papperger 2023 yil oxirigaça Ukrainaga 20-25 ta Leopard 1 tanklari yetkazib berilişini aytdi. Qolgan 88 ta tank 2024 yilda jönatiladi.