Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonning suyultirilgan gazi Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida taqsimlanadi
2 ming tonna suyultirilgan gaz teng ulushda ikkala hududning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalariga taqsimlanadi.
Turkmanistondan yetkazib berilgan suyultirilgan gaz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari orasida tarqatilishi boshlandi. Bu haqda «Hududgazta’minot» xabar berdi.
19 fevral kuni O‘zbekistonga temir yo‘l orqali suyultirilgan gaz yetib keldi. Turkmaniston O‘zbekistonga 2 ming tonna suyultirilgan gaz jo‘natgan. 1000 tonnasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, yana 1000 tonnasi Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilgan.
Fevral oyi boshida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov «do‘stlik va birodarlik yordami» sifatida O‘zbekistonga suyultirilgan gaz berish to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagan edi.
Turkmen.news portali yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilgani bois, O‘zbekiston tomoni Turkmanistondan katta miqdorda pul kompensatsiyasi talab qilgani, biroq muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston tomoni yetkazilgan zarar miqdorida suyultirilgan gaz olishga rozi bo‘lgani haqida yozdi. Biroq, O‘zbekiston Energetika vazirligi bu xabar hech qanday asosga ega emasligi va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
8 fevral O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi kuni O‘zbekiston tomoni Ashxobodga 20 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasini jo‘natdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026