Turkmanistondan gaz yetkazib berilişida uziliş bölgani uçun Özbekiston katta miqdorda pul kompensatsiyasi talab qilgani haqidagi xabar asossiz. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
«Energetika vazirligi uşbu xabarlar heç qanday asosga ega emasligi va mutlaqo haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qiladi… Şuni alohida ta’kidlaymizki, Turkmaniston tomonidan Özbekistonga döstona va birodarlik bilan qöllab-quvvatlaş maqsadida suyultirilgan gaz partiyasi bepul taqdim etildi», deyiladi xabarda.
Energetika vazirligi Turkmaniston tomonidan taqdim etilgan suyultirilgan gaz yaqin kunlarda ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatilişini qöşimça qildi.
Avvalroq, Turkmanistondagi eng yirik «Galqiniş» gaz konida yuz bergan avariya va Özbekistonga gaz yetkazib berişning töxtab qolişida aybdor deb topilgan mansabdor şaxslar hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.
Turkmen.news portalining xabar berişiça, Özbekiston tomoni gaz yetkazib berilişida uziliş bölgani uçun Turkmanistondan katta miqdorda pul kompensatsiyasi talab qilgan. Biroq muzokaralardan söng, Özbekiston tomoni yetkazilgan zarar miqdorida suyultirilgan gaz olişga rozi bölgan. Turkmaniston rasmiy matbuotida suyultirilgan gazning bepul berilişi «qöşni davlatga döstona va birodarlik yordami» sifatida taqdim etilgan. Manbaning qayd etişiça, Turkmaniston tomoni Özbekistondan bu harakatlarga izoh bermaslikni söragan.

















