Şunça öqib “paynetçi” bölasanmi?

Farğona viloyati Qöştepa tumani Langar qişloğida tuğilganman. Yoşim 23 da. YouTube platformasida iş olib boraman. Ota-onam şifokor. Oilada tönğiç farzandman. Mendan keyin yana ikki öğil ukam bor.

 Jahongir Ibrohimov

Qişloq şaroitida ösib ulğayganim uçun köpçilik qanday qilib IT cohasiga kirib kelganim haqida qiziqib söraşadi. Ota-onam şifokor bölgani uçun mening ham şifokor bölişimni xohlaşdi va tabiiy fanlarga yönaltirişdi. Akademik litseyda kimyo va biologiya fanlarini örgandim. Lekin öqiş jarayonida bu soha men uçun emasligini anglab yetdim. Şundan keyin özimga boşqa yönaliş tanlaşga harakat qildim.

Ingliz tilini bilganim uçun turli saytlarga kirib çet elliklar hayotini örgandim. Dasturçilik u paytda unçalik rivojlanmagan edi. Dasturçi bölişga qaror qildim. Ota-onamga tanlagan yölim haqida aytganimda ular köçada “paynetçi” bölasanmi, deyişgan. Çunki köpçilik dasturçi deganda telefon ustasi yoki paynetçini tuşunadi. Tabiiyki ota-onam bunga qarşilik qilişdi. Mening esa qarorim qat’iy edi, ularga şu kasb orqasidan oyoqqa turişimni isbotlamoqçi böldim.

Birinçi topgan pulim 156 dollar edi...

Öşa paytda dasturçilikni örganiş qiyin edi. Çunki bizda bu kasbni (ayniqsa Farğona şaroitida) örganiş deyarli imkonsiz edi. Ingliz tilida YouTube-kanalimni oçdim. U paytda kollejda 2-kurs edim. Bu kanal telefonlarni tuzatiş,  dastur qiliş kabi köpçilik uçun foydali videolar qildim. Ba’zi videolarimni köpçilik tomoşa qildi. Sekin-asta obunaçilarim köpaya boşladi. Birinçi YouTubeʼdan topgan pulim 156 dollar edi. Pulni oliş uçun bankka borganimda yoş bola bölganim sabab bank xodimlari menga xizmat körsatmagani yodimda. Ota-onam bilan birga borib pulni olib kelganmiz. Öşanda 17 yoşda bölganman. U vaqtlarda 156 dollar katta öqituvçining bir oylik maoşiga teng edi. Şundan keyin ota-onam IT sohasida pul topiş mumkinligiga işonç hosil qilişgan va bu yölda meni qöllab-quvvatlaşdi.

Jahongir Ibrohimov (Çapdan birinçisi)

Keyingi oyda 448 dollar pul topganman. Şunday qilib ota-onamni kelajagim IT sohasida bilan boğliqligiga işontirganman. Matematika fanini örgana boşladim. Ingliz tilini yanada mukammalroq örganişga ahd qilib, Toşkentdagi Inha universitetiga öqişga kirişga tayyorgarlik köra boşladim. Qişloqda şaroit bölmagani uçun Farğona şahriga borib tayyorgarlik kördim. YouTubeʼdan çet elliklar hayoti haqidagi videolar tomoşa qilib ingliz tilini örganişga bölgan iştiyoq yanada kuçaydi. Ingliz tiliga öqişga qiziqtirgan eng avvalo otam bölgan. Otam şifokor bölgani uçunmi qölida doim kitob bölgan. Uni körib biz 3 öğil kitob öqişga mehr berganmiz.

Birinçi oçgan YouTube-kanalim öçib ketgaç qayğuga tuşganman...

YouTubeʼda avvaliga kanal yuritiş qonun-qoidalarini yaxşi tuşunmas edim. Ba’zi sabablarga köra kanalim yopilib ketdi. Şunça qilgan harakatim bir kunda öçib ketdi. YouTubeʼga aloqaga çiqib, kanalim tiklanişida yordam söradim. Afsuski, urinişlar besamar ketdi. Şundan keyin yangi kanal oçdim. Şu bilan bir qatorda matematika, ingliz tili va fizika fanlarini öqib, Inha universitetiga kiriş uçun harakatni susaytirmadim. Öqişga kirişga tayyorgarlik körayotganim uçun YouTubeʼga kontent qilişga unçalik ham vaqt bölmadi. 2017-2021 yillarda Inha universitetini tamomladim.

 Talabalik davri

Öqiş davomida bir qança kompaniyalarda dasturçi bölib işladim. 4-kursligimda Dubayda dasturçi bölib onlayn işladim. Öqişni tamomlagan yilim karantin paytiga töğri keldi. Hamma uyda ötiradigan payt edi. Uyda bekorçilikdan YouTubeʼga qiziqiş yanada ortdi va yangi kanal oçdim. 3D printer sotib olib yasagan narsalarimni obunaçilarga körsata boşladim. Çiqarayotgan videolarim ingliz tilida bölgani uçun katta qiziqiş bilan körildi. Bir yil bölmasdan 100 ming obunaçiga erişdim. Çiqarayotgan barça videolarim dasturçilikka oid bölgan mavzular edi.

Rahmatli bobom fotojurnalist edi. U paytda fotoapparatlar sanoqli edi. Ular har gal surat olganlarida qiziqib tomoşa qilardim. Şu sababli ham media sohasiga qiziqişim ortgan.

3 000$ dan 5 000 $ gaça....

Köpçilik daromadim haqida qiziqib söraydi. Har bir çiqargan videokontentim uçun örtaça 1 000 dollar topaman. Bir oyda bunday videolardan 3-5 ta tayyorlay olaman. Hozirgi YouTubeʼdagi videolarim mavzusi 3D printerlardan çiqarilgan injenerlikka, robototexnikaga oid mavzulardan iborat. Maqsadim obunaçilarimga, butun dunyoga muhandislikni san’at körinişida körsatib berişdan iborat.

Soham böyiça aytişim mumkinki, ota-onalar farzandini qaysidir ma’noda telefon va kompyuterdan yiroq qilib tarbiyalamasligi lozim. Bola telefondan, albatta, töğri yönalişda foydalanişi kerak va buni uddalasa böladi. Faqat ularni nazoratda olib turiş kerak. 6-sinfda öqiyotgan ukamga telefon olib berib, maxsus dastur orqali özimning telefonimga ulab qöyganman. U qaysi dasturdan foydalanayotganini körib turaman.

Saudiya Arabistoniga boriş iştiyoqi til örganişga turtki böldi...

Uluğbek Yusupov. Otasi.

“Jahongir bolaligidan iqtidorli edi. Uning şifokor bölişini xohlardim. Lekin uning özi IT sohasini tanladi. Qişloq şaroitida tarbiya uçun vaqt ajratiş juda qiyin böladi. Hamma qatori yoşligida tengdoşlari bilan dalada mol boqqan. U texnikaga juda qiziqardi. Bolaligida  radiopriyomniklarni titkilab buzib qöyardi. Bolğada elektron soatlarni paçoqlab, ehtiyot qismlarini örganardi.

Iqtisodiy muammolar sabab soham – tibbiyot böyiça çet elda işlaş orzum edi. Ingliz tilini mustaqil örganişni boşladim. Nihoyat, 2008-2009 yillarda Saudiya Arabistonida qisqa vaqt bölsa-da işladim. Safarga ketayotib öğlimga imkoniyat böldi degunça sizlarni ham çaqirib olaman deb va’da bergan edim. Çet elga ketganimdan söng Jahongir ingliz tilini iştiyoq bilan örganişni boşladi. Ingliz tiliga bölgan muhabbat men ham otam yoniga çet elga boraman degan öylar bilan rivojlandi.

Ota-onalarga maslahatim farzandingizning içki dunyosini örganing, ular bilan xuddi döstlardek suhbatlaşing. Kelajakda kim bölişi haqida sörang. Zurriyodingizni imkoniyatga qarab töğri yönalişga yönaltiring”, deydi Jahongirning otasi Uluğbek Yusupov.

“Qişloqda yaşab oyiga 3 000-5 000 dollar topiş yoşlarning orzusi” – IT-Park Farğona filiali rahbari Bahromjon Jalilov

Bahromjon Jalilov

Yurtimizda IT sohasiga e’tibor oşgani sababli har bir viloyatda IT-Park, tuman va şaharlarda esa raqamli texnologiyalar markazi platformalari yölga qöyildi. Uşbu maskanlar Jahongir va unga öxşagan yoşlarning rivojlanişiga hissa qöşib kelmoqda. Şu kabi va yana bir qator loyihalar orqali 2022 yilda viloyatimizda IT mahsulotlari körsatgan xizmatlaridan tuşgan eksport hajmi 322 ming dollarni taşkil qildi. IT korxonalar 2021 yil boşida 7 nafarni taşkil etgan bölsa, hozirda ular 50 nafardan oşdi. 2023 yilda bu körsatkiçni biz 80 ga yetkazib, eksport hajmini esa 700 ming dollargaça oşirmoqçimiz.

Jahongirning Markazga kelganiga hali bir yil bölgani yöq. Hozirda u öz kompaniyasiga asos soldi hamda IT-Park rezidentiga aylanmoqda. Köplab yoşlarimiz undan örnak olib zamonaviy kasblarga hamda ingliz tilini örganişga bölgan e’tibori kuçaygan. Ular hozirda “YouTube akademiyasi” loyihasi ustida iş olib borişyapti. Oddiy qişloq farzandining vatanda turib xalqaro kontent yaratib, oyiga 3000 – 5000 dollar topişi hozirgi kundagi barça yoşlarning orzusi.

Sarvar Ziyayev
A’loxon Tursunov.