«Yoqilği-energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş va behuda sarflanişining oldini oliş hamda energiya samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni takomillaştiriş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda hududlardagi iste’molçilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanişga ötkaziş hamda energiya tejovçi texnologiyalarni örnatiş orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilişga erişiş maqsadi belgilandi.
Jumladan:
- iste’molçilar tomonidan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalaridan foydalaniş hamda qöşimça 74 mingdan ortiq obektda jami quvvati 785 MVt bölgan quyoş panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyoş kollektorlarini örnatiş hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejaş;
- aholisi ijtimoiy jihatdan oğir ahvolda bölgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kiçik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etiş hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni tejaş;
- budjet taşkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanişni kengaytiriş hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejaş közda tutilgan.
2025 yilda «Yaşil iqtisodiyotga» ötişni jadallaştiriş doirasida qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatiş, iste’molçilarni muqobil energiyaga ötkaziş, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qiliş dasturi tasdiqlanadi.
2025 yil 1 maygaça Energetika vaziriligi huzuridagi budjetdan taşqari Tarmoqlararo energiyani tejaş jamğarmasining «Yaşil imtiyoz» axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegişli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

















