Bu ayol hozirgi kunga yetib kelgunça sohaning eng kiçik, eng oğir yöllarini bosib ötgan. Yigirma yil avval bozorda çangga belanib yaşikda gul köçatlarini sotgan. Oilada köp farzand bölgan, kambağallik qiynagan. Aka-ukalariga kambağal ekan, deb kelin topilmagan. Bu endi eski hikoya...
Şarof Raşidov tumanida “Gulçi opa tomorqa xizmati” klasteriga asos solgan Şarofat Noriyeva bugun yirik tadbirkor. U yoşligida ota-onasi bilan eng oğir işlarni qilgan, bu oila tabiatan yerga mehr qöygan, dehqonçilik qilgan.

1996 yil, Noriyeva hali turmuş ham qurmagan. Öşa vaqtlarda oilaviy yetiştirgan gul köçatlarini bozorga olib çiqib sotgan. Bir kuni hamma öziga tegişli mahsulotni olib bozordagi joyini taşlab qoçadi. Bozorga viloyat rahbari kelayotgan ekan. Yoş Şarofat gullarini taşlab yoki olib qoçişga ulgurmaydi. Aynan öşa paytda Jizzax viloyati hokimi bölgan Şavkat Mirziyoyev uning qarşisiga kelib töxtaydi.

Viloyat hokimi yoşgina Şarofat bilan suhbatlaşadi. Qizning oilaviy bölib gulçilik bilan şuğullanişi, şu orqali rözğor tebratişidan xabar topadi. “Qizim, sen gullaringni köpaytir, vaqti kelib bunday joylarda gul sotib ötirmaysan. Gullaringni özimiz olamiz”, deydi Mirziyoyev.

Gulçi qiz bölgan voqeani ota-onasiga aytib beradi. Şu tariqa ular özlari yaşab turgan uylardan birining tom qismini oçib, issiqxona taşkil qilişadi. Bir neça oydan söng gullar sotişga tayyor böladi. Endi gullarimni hokim sotib oladi, degan xayol bilan hokimiyatga boradi. Avvaliga uni hokimiyatga kiritişmaydi. Yoş qiz dadil turib “Menga gullaringni köpaytir deb hokim aytgan. Sotib olamiz deganlari uçun bu gullarni yetiştirdik”, deydi. Bu şiddat hokimiyatdagilarga yaxşi ta’sir qiladi. Özini hokim örinbosariman deb taniştirgan odam gullarni sotib oladi.

“Biz şu tariqa kambağallikdan çiqdik. Öşa mablağga kattagina issiqxona qildik. Yildan yilga faoliyatimiz kengayib bordi”, deydi Noriyeva.
Şarofat Noriyevaning oilasi hali heç kim issiqxona quriş, tomorqaga zamonaviy yondaşuv haqida öylamagan yillardayoq bu işga qöl uradi. U gulçilikdan taşqari, parrandaçilik, çorvaçilik, meva-sabzavot yetiştiriş, umuman qişloq xöjaligining deyarli barça turlari bilan şuğullandi. U endi kambağal emas, aksinça, har yili yuzlab kam ta’minlangan oilalarga iş beryapti.





















