Olimlar kovidning yangi nojo‘ya ta’sirini aniqladilar - «yuz tanimaslik»
Uzoq muddat davom etgan kovid kasalligi miyani shikastlashi mumkin.

Foto: iStock via Getty Images
AQSh Dartmut kolleji olimlarining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, uzoq muddat davom etadigan COVID-19 kasalligining yana bir nojo‘ya ta’siri «yuz tanimaslik» deb ataladigan prozopagnoziya bo‘lishi mumkin. Bu odamlarni tanib olish qobiliyatini yo‘qotishdir.
Olimlarga koronavirusning ko‘plab nojo‘ya ta’sirlari, jumladan, diqqat, xotira va nutqning buzilishi, shuningdek, hid va ta’mni yo‘qotish ma’lum edi. Ammo prozopagnoziya ilgari uchramagan.
Yangi tadqiqotda olimlar 28 yoshli Enni bilan bog‘liq holatni tasvirlab berishdi. Qiz portret rassomi bo‘lib ishlagan, ammo COVID-19 kasalligidan keyin u odamlar yuzini, shu jumladan qarindoshlarini tanimay qolgan. U kasal bo‘lganidan keyin ota-onasi bilan birinchi marta uchrashganida, ularni tanimasdan o‘tib ketgan. Faqat ovoz bilan chaqirishganida tanigan. Shuningdek, qiz navigatsiya qobiliyatining yomonlashuvidan shikoyat qilgan.
Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, bunday anormalliklar odatda miya jarohatlari yoki rivojlanish buzilishlaridan keyin kuzatiladi. Ammo Enni hech qachon bunday narsalarni boshdan kechirmagan edi.
Bemorda haqiqatan ham prozopagnoziya borligiga ishonch hosil qilish uchun olimlar bir qator testlarni o‘tkazdi: unga taniqli va notanish odamlarning fotosuratlari ko‘rsatildi. Darhaqiqat, qiz qarindoshlarini tanib olishda qiynalgan.
Olimlarning fikricha, bu uzoq muddatli koronavirus bilan bog‘liq. Shuning uchun ular 12 hafta yoki undan ko‘proq vaqt davomida COVID-19 alomatlari bo‘lgan yana 54 kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Ularning aksariyati kognitiv muammolarni, jumladan, oila a’zolarini tanib olishda qiyinchiliklarga uchragan.
Shunday qilib, garchi tadqiqot miqyosi kichik bo‘lsa-da, olimlar «yuz tanimaslik» kasallikning keng tarqalgan oqibati bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:38
-
RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin
Jahon | 11:29
-
«Real» 8 gol urilgan o‘yinda finalga chiqdi, Saka qaytishini gol bilan nishonladi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:23
-
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
Iqtisodiyot | 11:19
Mavzuga oid

00:10 / 23.03.2025
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi

11:29 / 09.12.2024
Olimlar uzoq muddatli xotirani shakllantirishning yangi usullarini kashf qildi

00:05 / 26.10.2024
Italiyada komadan uyg‘ongan 63 yoshli erkak qariyb 40 yillik o‘tmishini eslay olmayapti

18:52 / 19.09.2024