Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi bir tun: Konstantinovka rossiyaliklar zarbalaridan yondi, Putin mariupolliklar bilan gaplashdi
Ukrainada urushning 389-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Putin bosib olingan Mariupolga tashrif buyurdi. Bu uning urush boshidan buyon Donbassga ilk bor kelishi. Undan avvalroq RF prezidenti uch yil ichida ilk bor annexia qilingan Sevastopolda bo‘lgandi.
- «Jinoyat joyi hamisha jinoyatchini o‘ziga tortadi», — deya Putinning Mariupolga safariga munosabat bildirildi Zelenskiyning ofisida.
- Germaniya adliya vaziri Marko Bushman Putin Germaniya tuprog‘iga qadam qo‘ysa, Xalqaro jinoiy sud talabiga ko‘ra hukumat tomonidan hibsga olinishini ma’lum qildi. RF Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin uning so‘zlariga «huquqiy baho» berishga topshiriq bergan.
- JAR hukumati Putinni qo‘lga olishga berilgan order haqidagi xabarlarni «ma’lumot uchun qabul qilgani»ni ma’lum qildi. Avgust oyida RF prezidenti BRIKS sammitida ishtirok etishi kutilmoqda.
- Rossiyaning Tula oblastida noma’lum dron qulagan. Astra va Shot manbalariga ko‘ra, unda portlovchi modda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
- NATO Rossiya va Belarus bilan chegaralar yaqiniga qo‘shinlar joylashtirilishini tezlashtirmoqchi — bu hududga 300 ming harbiy xizmatchi olib kelinishi mumkin.
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHK yollanma jangchilari Ukrainadagi «maxsus amaliyot»da ishtirok etishni boshlaganiga bir yil bo‘lganini ma’lum qildi — bu 2022 yil 19 martida Novoaleksandrovka uchun janglar vaqtida ro‘y bergan.
Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari
19 martga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Donetsk oblastining Konstantinovka shahrini o‘qqa tutdi. Shahar ma’muriyati «Suspilne» nashriga xabar berishicha, olti kishi yaralangan. Konstantinovka «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan. Ko‘p kvartirali binolar va xususiy uylar, xo‘jalik binolari, shuningdek savdo markazi binosi vayron bo‘lgan. «Markaziy bozor hududi va „Detskiy mir“ do‘koni zarbaga uchradi. Operativ ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab xususiy uylar, to‘qqizta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar do‘koni, o‘nlab xususiy avtomobillar va garajlar shikastlangan», — deya xabar qilgan oblast ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko. Quyida yonayotgan binolarda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar aks etgan suratlar.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Harbiy texnikalarni ta’mirlash jarayoni
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vladimir Putin Mariupolda
Vladimir Putin annexia qilingan Mariupolga tashrif buyurdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Putin shaharga 18 mart kuni kechqurun borgan. Bu uning urush boshidan buyon ushbu hududga amalga oshirgan ilk safari bo‘ldi. «Verstki» jurnalistlari Putin chindan ham shaharda bo‘lganini tasdiqladi. Tashrif chog‘ida Putin Mariupol aholisi vakillari bilan suhbatlashgan, Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, bu odamlarga yangi uylar berilgan. RIA «Novosti» e’lon qilgan videolardan birida rossiyaliklar prezidentining «Nevskiy» mikrorayoni aholisi vakillari bilan uchrashuvi aks etgan: unda uchrashuvda ishtirok etgan ayollardan biri mahalliy aholi Putinni «kutgani» va u uchun «duoda bo‘lishi»ni aytadi. Xuddi shu uchrashuv vaqtida uzoqroq joyda turgan ayol esa shunday hayqiradi: «Buning barchasi yolg‘on! Bu xo‘jako‘rsinga qilinyapti!». Bu parcha Kreml saytiga joylashtirilgan videoda ham saqlanib qolgan.
AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida front chizig‘idagi ukrain aviatsiyasi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Frontdagi ukrain askarlari






