RF prezidenti Vladimir Putin Qrimdan keyin Donbassga ham taşrif buyurdi. TASS agentligi qayd etişiça, uning uşbu regionga ilk safari bölmoqda. Bu şuningdek uning 2022 yil kuzida Ukrainaning Rossiya tomonidan annexia qilingan hududlariga qilgan ilk taşrifidir. Avvalroq Kremlda Putin Donbassga «vaqti kelganda» borişi haqida aytişgandi.
Kreml matbuot xizmati xabar berişiça, Putin Mariupol şahriga işçi taşrifini amalga oşirgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilişiça, Putin şaharga 18 mart kuni keçqurun, 19 martga ötar keçasi taşrif buyurgan. «Verstki» jurnalistlari Putin çindan ham Mariupolda bölganini tasdiqladi.
Kremldan aytişlariça, prezident Mariupolga vertolyotda uçib borgan, keyin esa avtomobilga ötirib, şaharning bir qança rayonlarini aylangan. Xususan, u drama teatri oldidagi xiyobonni va boşqa «diqqatga sazovor joylar»ni, şuningdek «tiklangan filarmoniya» va universitet binolarini közdan keçirgan.
Mariupolga taşrifdan keyin Putin Rostovdagi qömondonlik punktida yiğiliş ötkazgan, bu yerda RF Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov bilan uçraşgan.
Putinga boş vazir örinbosari Marat Xusnullin hamrohlik qilib, şahardagi quriliş va tiklaş işlari borişi töğrisida hisobot bergan. Rossiya davlat naşrlari safar videolarini e’lon qilişdi.

Xusnullin boşqa narsalar qatori Putinga Ukraina qöşini çekiniş çoğida göyoki turar joylarni öqqa tutgani haqida gapirgan. «Ular qilgan işlar yaqqol körinib turibdi. Biz yuriş qilgan joylarda snaryad zarbalari umuman bölmagan. Ular tomondan tanklar bilan aniq zarbalar berilgan, çekinaturib — uylarni öqqa tutişgan. Zarba berişgan va vayron qilişgan», — degan vitse-premer. Uning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari göyoki şahar şifoxonalaridagi jasadlar va jihozlarni ham minalagan. «Bundaylarni natsik deyişadi. Normal odamlar bunday qilişmaydi», — deya qayd etgan Putin.




















