Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi köp tarmoqli klinikasi neyrotravmatologiya bölimida ilk bor çanoq-son va tizza böğimlari artrozi kasalligida plazmolifting muolajasi va umurtqa suyaklari sinişida perkutan vertebroplastika amaliyoti özlaştirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Klinika boş şifokori Sanjar Matkarimovning ma’lum qilişiça, markazda ötkazilayotgan qariyb 250 turdagi operatsiyalarning 65 turdagisi şu singari murakkab va noyob jarrohlik amaliyotlari hisoblanadi. Jumladan, böyin umurtqalarini transpedikulyar fiksatsiya bilan stabilizatsiyalaş amaliyoti joriy etilgan.
Şuningdek, Özbekistonda ilk bor bipolyar endoprotezlaş muolaja usuli yölga qöyildi. Bundan taşqari, laparoskopik usul orqali xirurgiya bölimida diafragma çurrasini bartaraf qiliş, koloproktologiya bölimida esa sigmasimon içak rezeksiyasi operatsiyalari bajarildi. PRP-terapiya, ya’ni bemor plazmasini ajratib olib, böğimga yuboriş yöli bilan uşbu tana qismidagi patologiyani bartaraf etişga qaratilgan amaliyotlar hayotga tatbiq qilindi.
«Hozir Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Hindiston, Ozarboyjon, Litva kabi mamlakatlarning tibbiyot muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yölga qöyganmiz. Ularning malakali şifokorlari bilan birgalikda murakkab operatsiyalar ötkazyapmiz. Öz navbatida, bir guruh xodimlarimiz Fransiya, BAA, Hindiston va Ozarboyjondagi yetakçi klinikalarda malaka oşirib qaytdi. Joriy yilda ular safini yanada kengaytiriş çoralari körilmoqda», — deydi şifokor.








