Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping Moskvada muzokara ötkazdi. «Kommersant’» davlat rahbarlarining bayonotidan qisqaça iqtiboslar keltirdi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin:

 - Muzokaralar muvaffaqiyatli va konstruktiv tarzda ötdi;

- Ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar tarixdagi eng yuqori darajada;

- Xitoy tinçlik rejasining köplab qoidalari Ukrainadagi kelişuv uçun asos sifatida olinişi mumkin. Ammo oldin Ğarb va Kiyev bunga tayyor bölişi kerak;

- Kiyevga boyitilmagan uranli qurollarni yetkazib beriş rejalari Ğarb Rossiyaga qarşi sönggi ukrainalik qolgunga qadar «sözda emas, amalda» kuraşmoqçi ekanini anglatadi;

- Köpgina xalqaro masalalarda Rossiya va Xitoyning pozitsiyalari yaqin yoki mos keladi;

- Möğuliston bilan «Sila Sibiri 2» gaz quvuri böyiça barça kelişuvlarga erişildi;

- Rossiya Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan hisob-kitoblarda Xitoy yuanidan foydalaniş tarafdori;

- Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beriş köpaytiriladi, Moskva neft yetkazib berişni uzluksiz oşirişga tayyor;

- Rossiya biznesi Xitoyning energiyaga bölgan ösib borayotgan talabini qondirişga qodir;

- Rossiya va Xitoy örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2022 yilda tarixiy rekord — 185 milliard dollarga yetdi;

- Rossiyadan Xitoyga göşt va don eksportini sezilarli darajada oşiriş imkoniyatlari mavjud;

- Rossiya va Xitoy örtasida qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi jadal sur’atlar bilan ösib bormoqda;

- Xitoy Uzoq Şarqning iqtisodiy rivojlanişida Rossiyaning yetakçi hamkoriga aylandi;

- Rossiya va Xitoy Şimoliy dengiz yölini rivojlantiriş böyiça qöşma işçi organ yaratişga tayyor;

- Rossiya ŞHT doirasida sport uyuşmasi taşkil etilişini qöllab-quvvatlaydi;

- Moskva va Pekin axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va sun’iy intellekt sohasida jahon yetakçilariga aylanişi mumkin;

- Rossiya öz hududidan çiqib ketgan korxonalarni almaştirişda Xitoy biznesini qöllab-quvvatlaşga tayyor;

- Rossiya anti-kovid çeklovlari bekor qilinişi kontekstida Xitoy bilan talabalar almaşinuvini bir neça marta oşirişga umid qilmoqda; 

Xitoy rahbari Si Jinping: 

- Putin bilan muzokaralar samimiy va döstona ötdi;

- Xitoy-Rossiya aloqalari hozirgi dunyo tizimi uçun juda muhimdir;

- Savdo hajmining ösişi Rossiya va Xitoyga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişga turtki berdi;

- Xitoy BMT Nizomi tamoyillariga amal qilgan holda Ukraina inqirozi böyiça xolis pozitsiyaga ega;

- Xitoy Ukrainadagi mojaroni hal qiliş masalasida tinçlik va muloqot tarafdori;

- Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlariga amal qilişda davom etadi;

- Xitoy va Rossiya köp qutbli dunyoni şakllantiriş uçun konstruktiv kuç yaratadi;

- Savdoda, jumladan, IT-sohasida, resurslar savdosida kompleks rejalaştiriş yölga qöyiladi.