Quyida öquvçilarimizdan kelgan maktublardan biri. Uşbu maktubdan kelib çiqqan holda, suriştiruv ötkazdik.

“Mening ikki jiyanim bor. Ikkalasi ham Janubiy Koreyaga işga boriş uçun ötkazilgan imtihonlardan muvaffaqiyatli ötgan. Biri 2022 yilda, ikkinçisi 2023 yilda işga ketdi. Ammo Migratsiya agentligi degan takşilotga tölagan pul miqdori bizda savol tuğdiryapti. Bir jiyanim tölagan pullar: aviaçipta uçun 13,5 mln söm, viza uçun 70 dollar, öqiş uçun 3 mln söm, tibbiy körik uçun 450 ming söm, “Izza Plaza” mehmonxonasi hamda forma uçun pul olişgan. Undan taşqari, “migratsiya xizmati” uçun deb yana 12 mln söm alohida pul olişgan.

Ikkinçi jiyanim 2023 yilda Janubiy Koreyaga uçib ketişida aviaçiptaga 5,5 mln söm, öqiş uçun 3 mln söm, “Izza Plaza” mehmonxonasiga 1,6 mln söm, tibbiy körikka 550 ming söm hamda “migratsiya xizmati” uçun 12 mln söm pul yiğib olişgan. Bu pullarni bizdan qanday tartib böyiça olişdi? Şuni ma’lum qilişlarini istardik. Zero, notöğri olişgan bölsa, bizdan keyingi odamlar aldanib qolmasin”.

Suriştiruvimiz natijasida Özbekiston–Koreya örtasidagi kelişuvga asosan işçilar tölaşi lozim bölgan tölovlar jadvali aniqlandi (ma’lumotni J.Koreya tomonidan oldik):

Mazkur hujjatning özbekça tarjimasi:

Bu jadvalda Özbekistondan Janubiy Koreyaga mehnat migratsiyasi doirasida har bir işga boruvçidan olinadigan summa va uşbu summa qaysi maqsadlar uçun olinişi körsatilgan. Körinib turibdiki, jami summa – 859 dollar. Uning içiga imtihondan ötiş, tibbiy körik, viza tölovi, moslaştiriş öqişi, aviaçipta va boşqa xarajatlar kiritilgan.

EPS.go.kr saytida (Janubiy Koreyaning bandlikka yollaş xizmati tomonidan boşqariladigan sayt) har bir işçining şaxsiy kabinetida quyidagiça e’lon qöyilgan: