Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov Jinoyat kodeksining 205-moddasida (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda. U ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Bu ma’lumotni Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi tasdiqladi.
Agentlik matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov rahbarining yanvar oyidan buyon ishga chiqmaganini tasdiqlar ekan, jinoyat ishi va ilgari surilayotgan ayblov haqida ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.
Xorijiy nashrlarda qayd etilishicha, Migratsiya agentligi mansabdorlariga qarshi ochilgan jinoyat ishi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘zg‘atilgan va 3 yanvar kuni agentlik binosida tintuv o‘tkazilgan. Jinoyat ishi doirasida yana uch mulozim so‘roqqa chaqirilgan, ularning ayrimlari hibsga olingan.
Shu yilning boshida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Migratsiya agentligi ustidan nazorat qilishga mas’ul boshqarma boshlig‘i qamoqqa olingan edi. U migrantlarga aviachipta ustiga narx qo‘yib sotish orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanayotgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, agentlikdagi hibsga olishlar bilan vazirlik mulozimining qamoqqa olinishi Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonida yo‘lga qo‘yilgan korrupsion sxemaning fosh bo‘lishi bilan bog‘liq. Biroq na Mehnat vazirligi va na tergov organi bu haqda hech qanday bayonot bergani yo‘q.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi axborot xizmati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mansabdorlariga qarshi ochilgan jinoyat ishi kim tomonidan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu organ ma’lumot berishi kerakligi, ayni paytda prokuratura organlari ish yurituvida bunday ish yo‘qligini bildirdi.
2010 yildan 2013 yilgacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida rahbar bo‘lib ishlagan, 2022 yilning martidan yana ushbu lavozimga qaytgan Afzal Ermatov 2018 yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan ayblanib, jarima jazosiga hukm qilingan.
2022 yil 17 martdan boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan va 2022 yil 1 noyabrdan rasman to‘laqonli boshliqqa aylangan. Avvalroq Kun.uz u v.b. qo‘shimchasidan xalos bo‘lgani haqida hech qayerda ma’lumot berilmaganiga















