Soha böyiça yangi suriştiruvni boşlagandanoq bir narsa közga taşlandi – 2022 yilda Janubiy Koreyaga işga yuboriş uçun jami 4 ta imtihon ötkazilgan bölib, ularning ikkitasi ommaga e’lon qilinmay ötkazib yuborilgan.

 

Agentlikning matbuot kotibiga izoh sörab murojaat qildik. U 2022 yilda faqat ikkita imtihon bölib ötgani, qolgan ikkitasidan bexabar ekani, ammo aniqlaştirişini aytdi. Keyin haqiqatdan ham yana ikkita imtihon bölib ötganini, faqat ular e’lon qilinmasdan ötkazilganini, hozirda holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini ma’lum qildi.

Janubiy Koreyaga işga borişga oşiqayotgan vatandoşlarimiz köpligi va bu sohada korrupsiya borligi inkor etilmagani bois, şu holatning özi gumonlarni uyğotiş uçun yetarli.

Endi bu yilgi vaziyat haqida.

Kun.uz'ga bir guruh fuqarolar murojaat qilib, Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada mehnat qiliş imkoniyatini beruvçi imtihon kunlarini juda keç e’lon qilayotganidan şikoyat qildi. Holatga aniqlik kiritiş maqsadida vaziyatni örgandik.

Agentlikning rasmiy kanalida 9 mart kuni “imtihon yaqinda ötadi” degan ma’nodagi qisqa e’lon joylaştirilgan.

Ammo Janubiy Koreya tomonining rasmiy saytida qayd etilişiça, bu yilgi imtihonlar 14 martdan 7 aprelgaça bölib ötişi kerak. Ya’ni imtihonlar boşlanişiga sanoqli kunlar qolganiga qaramasdan, adadi 10 mingga yaqinlaşadigan odam iştirok etadigan imtihonlar imtihon ötadigan mamlakatning özida e’lon qilinmagan edi.

Kun.uz muxbiri 10 mart kuni soat 16:13 da agentlik matbuot xizmati xodimi Ortiqxöja Norov bilan boğlandi va nega haligaça talabgorlar imtihon kunlari haqida ogohlantirilmagani sabablarini söradi. “Tasodif”ni qarangki, matbuot kotibi bilan bölgan suhbatdan ikki daqiqa ötar-ötmas agentlikning Telegram kanalida imtihonlar 14 martdan 7 aprelgaça oraliqda bölib ötişi haqida xabar paydo böldi.

Vaziyatning içida bölgan, holatdan xabardor bir neça manbalarning aytişiça, agentlik tomonidan imtihon sanalari oxirgi kunlarda e’lon qilinişi bejiz emas. Imtihon kunlarining imkon qadar keç e’lon qilinişi tuman va şaharlarda “faoliyat” yurituvçi, talabgorlardan pul olib, işga yuborişni va’da beruvçi korçalonlar bilan boğliq bölişi mumkin. Köplab talabgorlar bexabar qolib, imtihonlarga ulgurmaydi va bunday vaziyatda korçalonlar özlarining odamlarini “ötkazib olişlari” oson böladi.