“Qizillaşayotgan” e-qaror

E-qaror elektron platformasida hokimlarning qaror va farmoyişlari, kengaş qarorlari berib boriladi. 2022 yil söngiga kelib, mazkur platformada ayrim hujjatlar yopiq şaklda aks eta boşladi. Ommadan yaşirilgan hujjatlarga qizil yozuvda “uşbu hujjat şaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunçilikka muvofiq boşqa turdagi foydalanişi çeklangan axborot mavjudligi tufayli yaşiringan”ligi haqidagi izoh yozilmoqda.

Barça hujjat şaffof va oçiq tarzda berib kelinayotgan platformada şu tariqa “qizil parda” paydo böldi. Bu hokimliklarga ana şu “parda” ortiga berkiniş imkonini yaratdi. Avvaliga ayrim hujjatlar ommadan yaşirilgan bölsa, bugunga kelib platformaning sahifalari tobora “qizillaşib” bormoqda.

Uşbu mavzu ötgan yil yakunida ham kötarilgan, öşanda Adliya vazirligi holatga tuşuntiriş berib, qonunçilikka muvofiq hokimliklar tomonidan ayrim hollarda foydalanilişi çeklangan axborotlarni (mudofaa, xavfsizlik, şaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik hamda boşqalar) öz içiga olgan qaror va farmoyişlar qabul qilinişini bildirgandi.

Biroq yaşirilayotgan hujjatlarning barçasida ham foydalanilişi çeklangan axborot mavjudmi? Berkitilgan hujjatlar böyiça ayrim tahlillarga töxtalib ötsak.

Hujjat yaşirişda qaysi hudud “yetakçi”?

E-qaror platformasida hujjatlarni berkitib qöyiş böyiça Toşkent şahar hokimligi “bayroqdor” hisoblanadi. Yil boşidan 17 aprel kuniga qadar platformaga poytaxt hokimligining 417 ta hujjati joylaştirilgan. Şundan boşqalar köra olmasligi uçun 125 ta hujjatning (30 foiz) “yuziga qizil parda” tortib qöyilgan.

Bu borada keyingi poğonani 28,7 foiz hujjatni yaşirgan Sirdaryo viloyati hokimligi egallagan. Mazkur hokimlik 271 ta hujjatdan 78 tasini berkitib qöygan. 

“Yuqori uçlik”ni 26 foizlik “natija” bilan Farğona viloyati yakunlagan. Vodiy viloyati 315 ta hujjatdan 82 tasini berkitgan. 

Navoiy viloyati hokimligini bu borada jamoatçilikka eng oçiq hokimlik deyiş mumkin. Sababi mazkur viloyat hokimligi platformaga yil boşidan buyon 140 ta hujjat joylaştirgan va uning atigi 10 tasi berkitilgan. Bu jami hujjatning 7,1 foizini taşkil etadi.