«Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot» elektron platformasi ishga tushiriladi
Tadbirkorlarning murojaatlari tunu-kun qabul qilinadi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tuziladi:
- Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish bo‘yicha respublika komissiyasi (Respublika komissiyasi);
- Hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruhlar (hududiy ishchi guruhlar).
Tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu-kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Har yili 15 iyundan ochiq muloqot o‘tkazilgungacha maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlarini tunu-kun qabul qilinishi tashkil etiladi.
«Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot» elektron platformasi ishga tushiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024 yil avgust oyida xalqaro biznes forum tashkil etiladi.
2024 yil yakuniga qadar O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda «Qoraqalpog‘istonda biznes qiling» dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish choralari ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

18:36 / 11.12.2024
Faoliyat yuritmayotgan korxonalar bir yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi

17:02 / 16.11.2024
Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’yektlari rag‘batlantiriladi

16:16 / 06.11.2024