Kun.uz Navoiy şahar hokimligining mansabdorlariga 5 oy oldin jinoiy iş oçilgani ma’lum bölgani haqida xabar bergandi. 2023 yilning 10 mart kuni jinoyat işlari böyiça Konimex tumani sudida mazkur iş körib çiqilgan.

Sud hukmida körinişiça, xalq deputatlari Navoiy şahar kengaşi kotibiyat mudiri R.Ğ., Navoiy şahar hokimligi mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği lavozimida işlagan T.A., Navoiy şahar hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Ş.T. hamda “Sevdiyor-Surayyo” MÇJ rahbari I.T. özaro til biriktirib, “Ayollar daftari” jamğarmasi mablağlarini talon-toroj qilişgan.

Ta’kidlanişiça, Navoiy şahar hokimligi hamda “Sevdiyor Surayyo” MÇJ örtasida 2022 yil 28 mart kuni har bir donasi 400 ming söm bölgan 380 dona 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi sotib oliş uçun şartnoma tuzilgan. Mazkur şartnomaga asosan “Ayollar daftari” jamğarmasidan MÇJ hisobraqamiga 152 mln söm mablağ tölab berilgan. Ammo hokimlik va MÇJ mansabdor şaxslari oldindan özaro til biriktirib, 380 dona oziq-ovqat jamlanmasi qabul qilib olingani haqida soxta hujjatlar rasmiylaştirgan. Aslida esa 200 dona oziq-ovqat jamlanmasi qabul qilingan.

“Işbilarmonlar” har bir oziq-ovqat jamlanmalariga belgilangan mahsulotlarni kam soliş evaziga 14 mln söm hamda olinmagan 180 dona oziq-ovqat jamlanmasi hisobiga 72 mln söm mablağni özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilişgan. 

Şuningdek, hokimlik va mazkur MÇJ örtasida 2022 yil 30 aprel kuni hayit bayrami munosabati bilan har biri 488 ming bölgan 450 dona 16 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi sotib oliş böyiça şartnoma tuzilgan. Buning uçun “Ayollar daftari” jamğarmasidan MÇJ hisobraqamiga 219,9 mln söm mablağ tölangan. 450 ta oziq-ovqat jamlanmasidan 212 tasi qabul qilinib, mahallalarga tarqatilgan, qolgani böyiça soxta hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Bu safar oziq-ovqat jamlanmalariga belgilangan mahsulotlarni kam soliş evaziga 37 mln söm hamda olinmagan 238 dona oziq-ovqat jamlanmasi hisobiga 116 mln söm mablağ “tuya qilingan”.

Sud işida “Sevdiyor-Surayyo” MÇJ rahbari I.T. şartnomalar böyiça tölangan summa hamda berilgan oziq-ovqat jamlanmalari narxi örtasidagi farqni hokimlik vakillari undan naqd pul körinişida olib ketganligini aytib, körsatma bergan.

Sud hukmi bilan hokimlik mansabdorlari turli muddatlarga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, oylik iş haqining 30 foizini davlat daromadiga uşlab qoliş şarti bilan axloq tuzatiş işlari jazosiga tortilgan.