Nurali Abdulqosimov Söx tumanidan. Uning boşidan sinovli kunlar ötdi. Rözğor tebratiş uçun çöponlik ham qilib kördi. Çorvaçilikning foydasidan zarari köproq böldi. Qarzimdan qutulişda asqatar deb parvarişlayotgan yuzlab tovuqlari esa qirilib bitdi.
Qöşa-qöşa kelgan omadsizliklar ortidan jigar sirrozi kasaliga uçradi. Oğir darddan xalos böliş uçun minib yurgan maşinasi-yu tomorqasigaça sotib, qarz havola bilan Hindistonga jönadi. Jigarini almaştirgan Nuralining böynida endi kattagina qarz bor edi.
Qarzdan qutuliş uçun öylay-öylay qişloqlardan qatiq yiğiştirib kelib, uyida qurut tayyorlab sotişni yölga qöydi. Buning ortidan qarzlaridan uzildi. Soğligi ham birmunça tiklandi. Yana maşinali böldi. Eng asosiysi, 3 farzandi bağrida...

“Söx tumanining Oftobru qişloğida yaşayman. Yoşim 31 da. Rözğor tebratiş uçun hayotning aççiq-çuçuklarini tatidik. Ba’zida işim baroridan keldi, ba’zida qoqildim.
Tanişlarimning maslahati bilan qöy sotib olib parvarişlay boşladim. Qarşimizda turgan ulkan toğlarda çorva boqiş uçun şaroit bor, lekin qirğizlar qöymaydi. Çegaradan olib ötilgan piçanlar esa Söxda ança qimmat. Xullas çorvaçilikda ham işim öxşamadi. Yana boşqa tadbirkorlik qilamiz deb tovuq boqib kördim. 200 tadan oşiq tovuq oldik. Tuxumini, göştini sotamiz, öşani köpaytiramiz deb harakat qildim, bölmadi. Qirilib bitdi.

Undan keyin gilam işlab çiqaraman deb astoydil harakat qildim. Qişloq şaroitida qöylarni töplab, junini özimizda qayta işlab gilam tayyorlaşga jiddiy kirişdim ham. Bir yildan oşiq vaqt sarfladim. Bu ham öxşamadi.
Odamning boşida har xil işlar, sinovlar bölar ekan. Jigar sirrozi kasaliga yöliqdim. Kasallikka çalinganimni bilganimdan keyin butun oila a’zolarim tuşkun holatda qoldi.
Endi nima qilişni bilmay boşim qotdi. Farzandlar bor, ular köz oldimdan ketmayapti. Minib yurgan maşinam, tomorqamni sotdim. Şunda ham kerakli mablağ töplay olmadik. Qarz olişga majbur böldik. Mablağni töplab, Hindistonga bordik. Endi operatsiyadan tuzalib çiqamanmi, yöqmi, u ham bir muammo. Jigarini olib özimga ötkaziş uçun kiçkina qizimni olib borganman. Qizimdan taşqari yana uçta donor bilan ketdik.




















