Jahon | 15:12 / 19.04.2023
18867
6 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy yana front chizig‘iga keldi, Xerson o‘qqa tutildi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 419-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF Davlat dumasi davlatga xiyonat uchun umrbod qamoq jazosi to‘g‘risidagi tuzatishni qabul qildi, shuningdek, yana bir tuzatishga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar qarorlarini ijro etishda yordam ko‘rsatganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish mumkin.
  • Kreml Vladimir Putin annexia qilingan Xerson oblasti va «LXR»dagi Rossiya qo‘shinlari oldiga borganini xabar qildi.
  • Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastida Rossiya qo‘shinlari qurshab olishga harakat qilayotgan Avdiyivka shahriga kelib, ukrain harbiylarining oldingi pozitsiyalarida bo‘ldi.
  • Moskva harbiy komissari Maksim Loktev harbiy xizmatga chaqiriluvchilar yuzdan tanish tizimi orqali qidirilishini ma’lum qildi.
  • Bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha komissar Oleg Kotenkoning ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda yetti yarim mingdan ortiq ukrain harbiylari bedarak yo‘qolganlar deb hisoblanadi.
  • Germaniya hukumati Kiyevga dastlabki Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi topshirilgani haqida ma’lum qildi.
  • 18 aprel kuni kechqurun ukrainalik zenitchilar Zaporijjya va Dniproda yettita dron urib tushirilgani haqida ma’lum qilishdi. Shundan oltitasi Shahed rusumli uchuvchisiz uchish qurilmalari bo‘lgan.

Vladimir Putin Xerson oblastida

Vladimir Putin Xerson oblastining annexia qilingan qismidagi «Dnepr» qo‘shinlari guruhi shtabiga va annexia qilingan «LXR»dagi Milliy gvardiyaning «Vostok» guruhi shtabiga tashrif buyurdi. Bu yerda u qo‘mondonlarning hisobotlarini tingladi, harbiylarni Pasxa bilan tabrikladi va ularga ikona nusxalarini sovg‘a qildi. «Agenstvo» nashriga ko‘ra, Putinning tashrifi o‘tgan haftada amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin - Kreml saytida joylashtirilgan videoda u shunday deydi: «Seychas vot Pasxa budet, da?» (Hozir Pasxa kirib kelmoqda, shundaymi?). Ko‘p o‘tmay videodan «budet» so‘zi qirqib olindi. Bu RF prezidenti keng ko‘lamli bosqin boshidan buyon Ukraina hududiga ikkinchi bor kelishi: 2023 yil martida u annexia qilingan Mariupolda bo‘lgandi.
Rossiya prezidenti matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy Avdiyivkada 

Volodimir Zelenskiy Avdiyivkaga kelib, Ukraina qo‘shinlarining oldingi chiziqdagi pozitsiyalarida bo‘ldi. Avdiyivka — Rossiya annexia qilgan Donetskdan shimoldagi shahar bo‘lib, 2014 yildan buyon front chizig‘i ushbu shahar atrofidan o‘tadi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Zelenskiy «Donetsk» operativ-taktik guruhi qo‘mondoni hisobotini tingladi, Ukraina QK jangchilari bilan muloqot qilib, ularga davlat mukofotlarini topshirdi
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
«Bugun men shu yerda bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ldim, sizga ko‘rsatayotgan xizmatingiz, yerimizni, Ukrainani, oilamizni himoya qilayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizlarni bayram bilan, Pasxa bilan tabriklayman, va sizga faqat g‘alaba tilayman — buni har bir ukrainalik uchun tilayman, bu barchamiz uchun juda muhim», — degan prezident harbiylar bilan uchrashuvda.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Xersonga zarba

Rossiya qo‘shini 18 aprel kuni Xerson markazini o‘qqa tutdi. Mahalliy hukumat xabar berishicha, bu shahar Markaziy bozoriga mo‘ljallab yo‘llangan zarba bo‘lgan. Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan biri kishi halok bo‘lib, yana to‘qqiz kishi yaralangan. Rossiya tomoni Xerson o‘qqa tutilishi bo‘yicha izoh bermagan. Quyida shahar o‘qqa tutilishi oqibatlari aks etgan suratlar.

Tinch aholi vakillari zarbadan keyin bozorda butun qolgan mahsulotlarni yig‘moqda
Hryhorii Shmatko / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakili
Hryhorii Shmatko / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrainalik harbiylar va shifokorlar yaradorga yordam ko‘rsatmoqda
Dina Pletenchuk / AFP / Scanpix / LETA
Tez yordam shifokorlari raketa zarbasi chog‘ida jarohat olgan xersonlik ayolga yordam ko‘rsatishmoqda
Hryhorii Shmatko / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images

Donbass shimolidagi ukrain tankchilari

 

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid