O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni boshqarish sohasida xalqaro standartlar joriy etiladi
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya Jyeneva shahrida o‘tkazilgan Bazel, Rotterdam va Stokholm konvensiya tomonlari konferensiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Foto: Dunyo
Konferensiya a’zo davlatlar, BMT Atrof muhit dasturi (UNEP) va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi va uch planetar inqirozni (iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning yo‘q bo‘lib ketishi, atrof-muhitning ifloslanishi va chiqindilar) oldini olish bo‘yicha harakatlarni jadallashtirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman doirasida O‘zbekiston tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov BMT bosh kotibi yordamchisi, UNEP ijrochi direktori o‘rinbosari Elizabet Mrema bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda UNEP O‘zbekistonda boshlangan qator tashabbuslar atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Buning isboti sifatida joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning uchta yirik tadbirlari – cho‘llanish bo‘yicha global tadbir, Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi alohida e’tirof etildi.
Suhbat davomida Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish maqsadida UNEP Iqlim texnologiyalar markazi va tarmog‘i bazasida O‘zbekistonda mintaqaviy “Yashil markaz” ochish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Shu bilan birga, UNEP tomonidan 2020 yildan beri «Zamin» xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha bir qator amaliy tadbirlar va muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Fond va UNEP o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.
Muhokamalar yakunida laboratoriya xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro tajribalarni qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qolaversa, Tabiat resurslari vazirligi huzurida «Kimyoviy markaz» ochishga kelishildi. Bundan maqsad kimyoviy konvensiyalar yo‘nalishida va kelgusida pestitsidlarni tartibga solish bo‘yicha Rotterdam konvensiyasiga qo‘shilishdir.
Yevropa Ittifoqi va FAO hamkorligida qiymati 4 million yevroga teng bo‘lgan kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarni tartibga solish hamda BMTning kimyoviy konvensiyalari doirasida olingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha loyiha shu yilning 3-choragida ishga tushirilishi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
O‘zbekiston | 09:41
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025