Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida ikkinçi tur ötkazilişi aniq böldi. Şu paytgaça sanalgan 99 foiz byulletenlar sarhisobiga köra, Erdöğan 49,35 foiz ovoz olgan, Qiliçdoröğlida – 45 foiz. Uçinçi nomzod Sinan Öğan esa 5,23 foiz ovoz yiğa oldi, xolos. Demak, ikki haftadan keyin – 28 may kuni saylovlarning ikkinçi turi bölib ötadi, unda Erdöğan va Qiliçdoröğli bellaşadi, kim köproq ovoz olsa – öşa Turkiya prezidenti böladi.

Turkiyada prezidentlik hokimiyati kuçaytirilganiga köp vaqt bölmadi. Yangi Konstitutsiyaga köra ötgan 2018 yilgi saylovlarda Erdöğan birinçi turning özidayoq 52,58 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan edi. Bu safar Erdöğanga qarşi omillar va kuçlar köp böldi. Xöş, kimlar va qaysi omillar Erdöğanga qarşi edi hamda Qiliçdoröğliga qimlar va qaysi omillar qarşi turdi?

Erdöğan zarariga öynaydigan asosiy oğriqli nuqta – iqtisodiy qiyinçiliklar, eng avvalo – lira inflatsiyasi böldi. Keyingi beş yil içida, turk lirasi sal kam beş marta qadrsizlangan. 2018 yilda bir AQŞ dollari 4 lira atrofida qiymatlangan bölsa, bugunga kelib 20 liraga yetgan.

Liberal-demokratiya ham Erdöğanga qarşi turdi. Erdöğan özini demokrat deb hisoblaydi, lekin uni liberal-demokrat deyiş qiyin. Turkiya liberallari amaldagi prezident ketişi uçun ovoz berişdi. 2016 yilgi davlat töntarişiga urinişdan keyin Erdöğan hokimiyat vertikalini kuçaytirgan, davlatni öz muxoliflaridan tozalaşga kirişgandi.

Dunyoviylik tarafdori bölgan respublikaçilar ham Erdöğanga işonç bildirmaydi. Respublikaçilar Erdöğan ma’muriyatini öz qaraşlari uçun har doim katta tahdid deb bilişgan. Lekin Turkiyadagi dunyoviylik Erdöğan davrida demontaj qilinmadi va qilinişi imkonsiz ham edi. U qilgan katta özgariş – Turkiyada diniy erkinlikni ta’minladi, lekin davlatni dinga majburlovçi vositaga aylantirmadi.

Erdöğanning eng asosiy muxoliflari – bu ğarbga oriyentir oluvçi qatlam hisoblanadi. Erdöğan oxirgi yillarda Turkiyaning geosiyosiy va geomafkuraviy oriyentirini ğarbdan şarqqa, janubga va şimolga qaratayotgandi. Bu bilan u Bryusselda, Parijda va ayniqsa, Vaşingtonda eng nomaqbul siyosiy figuraga aylandi. Erdöğanni ketkaziş uçun kollektiv ğarb mavjud resurslarini işga sola boşladi.

Yana qaysi omillar Erdöğanning vaziyatini çigallaştirdi? Bular köp, lekin koronavirus, fevral oyidagi vayronkor zilzila hamda suriyalik köp sonli qoçqinlarni alohida sanaş mumkin. Bu muammolarning bari Erdöğandan sezilarli darajadagi foizlarni «öğirladi». Zilzila kölami juda katta bölgandi. Şunga qaramay, Erdöğan öyindan çiqmadi.

Erdöğanga kimlar ovoz berdi? Eng avvalo, turk konservatizmini tilga oliş kerak. Oldingi saylovlarda Erdöğanga katta şaharlar, iqtisodiy rivojlangan mintaqalar ham köp ovoz bergandi. Bu safar u asosan içki Turkiya, ya’ni Turkiyaning dengiz sohiliga çiqmagan va köp aholi yaşamaydigan hududlarida ustunlik qildi. Bular – qişloqlar, kiçik va örta şaharlardir.