Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar 10 nafarga yetganini ma’lum qildi.
15 yanvar kuni Bosh konsulxonaga 4 nafar fuqaroning (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida vafot etgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. 14 yanvar kuni 6 nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sog‘liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, konsulxona telefon raqamlari orqali kelib tushayotgan savollarga javob berilmoqda.
Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026