AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati xabariga köra, Kanadaning Horizon Arctic kemasi tomonidan suvga tuşirilgan Odysseus suvosti apparati 3800 metr çuqurlikda yotgan «Titanik» burnidan taxminan 500 metr masofada (1600 fut) batiskafning quyruq konusini, şuningdek korpusning boşqa qismlarini topgan.

Parçalarning holati halokatli vayrongarçilikdan darak bermoqda, ammo uning sababi noma’lum. Şuningdek, qurbonlarning jasadlarini topiş mumkinligi ham aniq emas.

«Bu nihoyatda oğir şaroit», – deya ma’lum qildi Bostondagi matbuot anjumanida AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati kontr-admirali Jon Moger.

«Titan»ga egalik qilgan OceanGate kompaniyasi ham ekipaj halok bölganini tan olib bayonot bergan.

«Bu odamlar öziga xos sarguzaştlar ruhi hamda jahon okeanlarini örganiş va himoya qilişga bölgan çuqur iştiyoq birlaştirgan haqiqiy tadqiqotçilar edi», – deyilgan bayonotda.

Wall Street Journal rasmiy manbaga asoslanib xabar berişiça, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining duşman suvosti kemalarini qidirişga möljallangan maxfiy akustik aniqlaş tizimi batiskaf suvga şönğişni boşlaganidan bir neça soat ötganidan keyin submarina portlaşini qayd etgan. 

«AQŞ harbiy-dengiz kuçlari akustik ma’lumotlarni tahlil qildi va aloqa uzilgan paytda «Titan» suvosti apparati işlayotgan joyga yaqin nuqtada portlaş bilan boğliq anomaliyani aniqladi», — degan WSJ muxbiriga AQŞ dengiz floti vakili.

AQŞ mudofaa vazirligidagi manbaga köra, «Titan» Polar Prince bilan aloqani yöqotgan vaqtda harbiy-dengiz floti avariya hududini eşita boşlagan. Köp ötmay akustik tizim keyinçalik suvosti bölaklari topilgan hududda ikkita portlaş ovozini yozib olgan.

Qutqaruv amaliyotining kosmosdan körinişi

Polar Prince tadqiqot kemasi «Titan»ni 110 yil muqaddam «Titanik» kemasi çökib ketgan joyga yakşanbaga ötar keçasi olib borgandi.

Batiskaf tongda şönğişni boşlaydi, ammo suv yuzasidagilar missiya boşlanganidan 1 soat-u 45 daqiqa ötib u bilan aloqani yöqotadi.

Polar Prince ekipaji «Titan» bilan aloqa uzilib qolgani haqida AQŞ Sohil qöriqlaş xizmatini darhol xabardor qilmaydi: ularga taxminan sakkiz soat ötib xabar beriladi. Şundan keyin idoraning Bostondagi qömondonlik markazida qidiruv amaliyotini muvofiqlaştiriş boşlanadi, unda bir neça mamlakat vakillari iştirok etadi.